Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə58/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

MMIBDO’________ ________________________
SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Aniq fanlarning rivojlanishi
tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy- o’quvchilar ongiga mavzuni yoritish orqali mustaqillik oliy ne’mat ekanligini singdirish;
Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga avvalgi darslarda Xorazm tarixi oid olgan bilimlarini takrorlash bilan birga bugungi mavzuni tushuntirish;
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Kitob san’ati
15-asrda kitobat san’ati, ya’ni qo’lyozma asarlarni ko’chirib yozish va u bilan bog’liq bo’lgan xattotlik, musavvirlik, lavvohlik va sahhoflik san’ati ham nihoyatda yaxshi taraqqiy etadi.
Mashhur xattot Mirali Tabriziy (1330-1404) nasta’liq deb nomlangan yangi uslubdagi xatni kashf qiladi. Xushnavis xattotlardan biri Sultonali Mashhadiy (1432-1520) edi. U Nizomiy, Attor, Hofiz, Sa’diy, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro va boshqa shoirlarning asarlarini ko’chiradi. Sultonali tomonidan ko’chirilgan 50 dan ziyod kitob va ko’pgina qit’alar hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Sultonali o’ymakorlik san’atida ham mohir bo’lgan. Husayn Boyqaroning «Bog’i Jahonoro» bog’idagi saroy devorlaridagi bitiklar, Husayn Boyqaro qabrtoshidagi lavha Sultonali tomonidan o’yib bitilgan. U xattotlik san’ati turlari haqida maxsus asar ham yozgan. Sultonali Mashhadiy «Qiblat ul-quttob» (Kotiblar qiblasi) va «Sulton ul-xattotin» (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi.
Samarqand va Hirotda maxsus saroy kutubxonalari tashkil etilgandi. Kutubxona ishlariga kutubxona dorug’asi yoki kitobdor boshchilik qilgan. Uning qo’l ostida xattotlar, naqqoshlar-u musavvirlar, mohir lavvohlar-u sahhoflar buyurtmalami bajarganlar. Masalan, Hirotda Ulug’bekning ukasi Boysung’ur kutubxonasida qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo’lyozma asarlardan nusxalar ko’chirish va ularni bezash bilan band bo’lgan. 1429-yilda bu kutubxonada Abulqosim Firdavsiyning mashhur «Shohnoma» dostoni ko’chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə