Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə60/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Darsni mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qayerlarda zargarlik rivojlangan?

  2. Qachon Shohrux va Ulug’bek Xitoyga 530 nafar savdogarlarni yuboradi ?

  3. Samarqand va Hirotda bo’lgan Xitoy elchilarini aniqlang?

  4. Tamg’a nima?



MMIBDO’________ ________________________


SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Usmonli turklar davlati
tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy- o’quvchilar ongiga mavzuni yoritish orqali mustaqillik oliy ne’mat ekanligini singdirish;
Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga avvalgi darslarda Xorazm tarixi oid olgan bilimlarini takrorlash bilan birga bugungi mavzuni tushuntirish;
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audiovideo yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
Ilm-fan markazlari
15-asrda Samarqand va Hirotda olimlar-u fuzalolar, shoirlar-u bastakorlarning kattagina guruhi to’plangan edi. Ilm-fan va san’atning taraqqiyotida zamonasining madaniy muhitida tarbiyalanib, yoshligidayoq mashhur olim sifatida shuhrat qozongan Ulug’bekning hissasi nihoyatda buyukdir. Ulug’bek mamlakatni boshqarish bilan bir qatorda, ilmiy ishlar bilan shug’ullanadi, olimlarning munozaralarida faol qatnashadi. Ulug’bek o’tmishdoshlari Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino asarlarini batafsil o’rganadi. Bu buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali u qadimgi yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomeylarning mumtoz asarlari bilan ham tanishadi. Ulug’bek farmoni bilan 1417-yilda Buxoroda, 1420-yilda Samarqandda, 1433-yilda G’ijduvonda madrasalar qad ko’taradi. Hatto Buxoro madrasasining darvozasiga «Bilim olish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir», degan xitobnoma o’yib yozib qo’yiladi. Movarounnahrning bu uchta qadimiy shaharlarida barpo etilgan ilmgohlar, xususan, Samarqand madrasasi zamonasining dorilfununi edi. Ushbu madrasalarda diniy ilmlar: Qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo’g’rofiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi dunyoviy ilmlar ham o’qitilardi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə