Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə59/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Tasviriy san’at
15-asrda ulkan yutuqlarga erishgan tasviriy san’at portretlar, hayotiy lavhalar, tabiat manzaralari, bino va badiiy asarlarga ishlangan tasvirlardan iborat bo’lgan. Siymolar qiyofasi tasvirlari orasida Jomiy, Navoiy, Abdullo Xotifiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur va boshqalarning tasvirlari bizgacha saqlanib qolgan. Musavvirlar bu tarixiy shaxslarning tashqi qiyofasini aniqroq va mukammalroq tasvirlashga, ayrim hollarda hatto ularning ma’naviy dunyosini ochishga intilganlar. Masalan, mashhur rassom Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan, qarashlarida ham horg’inlik alomatlari, ham ulug’vorlik va oliyjanoblik ko’zga yaqqol tashlanib turadi.
Kamoliddin Behzod 15-asr tasviriy san’atining ulug’ namoyandasidir. U musavvirlikda «Hirot maktabi» deb nomlangan yangi bir ijodiy uslubning asoschisi bo’ldi. U o’z davrida Moniyi Soniy (Ikkinchi Moniy) deb ulug’langan. U ustoz san’atkor sifatida O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalar tasviriy san’atining taraqqiyotiga samarali ta’sir etdi. Behzodning ijodi xilma-xil mazmunga ega bo’lib, u tarixiy siymolar (Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Alisher Navoiy) portretlaridan tortib to serjilo hukmdor saroylaridagi qabul marosimlari va jang maydoni manzaralarigacha haqqoniy va ta’sirli qilib bera olgan. Ayniqsa, Dehlaviyning «Layli va Majnun» dostoniga bag’ishlangan uning lirik manzaralari yoki Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari uchun chizilgan jang maydonidagi shiddatli jang tasvir etilgan miniaturalari nihoyatda jozibador va ta’sirchandir. Xullas, tasviriy san’at asarlari bilan badiiy adabiyotning o’zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga samarali ta’sir etganini ko’rsatadi.
Musiqa
O’rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy uslub jihatidan takomillashdi, yangi pog’onaga ko’tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko’plab nodir badiiy va lirik asarlar yaratildi. O’rta Osiyo xalqlari, xususan, o’zbek hamda tojik adabiyoti o’rtasida o’zaro aloqa va hamkorlik kengaydi va mustahkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi. Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy bog’langan holda adabiyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.
Bu davrda zamonasining iste’dodli shoirlari va adiblari Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Muhammad Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan qayta ishlangan «Yusuf va Zulayho» dostoni, toshkentlik shoir Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonalaridir. Bu davr o’zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366-1465) alohida o’rin tutadi. Navoiyga qadar o’zbek she’riyatida Lutfiy darajasiga yetadigan shoir bo’lmagan. U birgina turkiy tilida asarlar yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo’lishni targ’ib qilish, ilm va san’atni sevish kabi fikrlar katta joy olgan.
15-asr badiiy adabiyoti ravnaqida buyuk davlat arbobi, ulug’ shoir, olim, mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning hissalari g’oyat buyukdir. Navoiy butun faoliyati va ijodiyotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o’zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyotiga bag’ishladi. U o’zbek adabiy tili, o’zbek mumtoz adabiyotini yangi pog’onaga ko’tardi. Navoiy o’ttizdan ortiq yirik badiiy asar yozdi. «Xamsa»,
Navoiy tarixni bilishning ahamiyati katta ekanini ta’kidlab, odamlarni tarixni o’rganishga da’vat etadi. Uning fikricha, tarix fani shohlar, hukmdorlarning tarjimayi holini emas, balki mamlakat tarixini o’rganishi kerak. Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga va nimalar farovonlikka olib kelishini, qanday ishlar tufayli mamlakat obod bo’lishini, xalqqa farog’at va baxt keltirishini tarix ko’rsatib berishi lozim, deb hisoblaydi.
Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinligini, har bir kishi o’zining xulqi va odobi bilan odamlarni xursand qilishi lozimligini uqtirib o’tadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə