Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə65/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
III.Yangi mavzu: Xiva xonligini tashkil topishi
Xorazm Shayboniyxon hujumi arafasida Husayn Boyqaro hukmdor boMgan Xuroson davlati tasarrufida edi. Husayn Boyqaro Xorazmga qo‘ng‘irot qabilasidan chiqqan Chin So‘- fini noib etib tayinlagan.
1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Xorazmliklar safaviylar hukmronligiga qarshi kurash boshladi. Bu kurashga mahalliy aslzodalar boshchilik qildi. Xususan, Xorazmni Eron safaviylaridan ozod etish va mustaqil davlat tuzish uchun boshlangan kurashning tashabbuskori o‘sha davrda Xorazmning markazi bo‘lgan Vazir shahrining qozisi Umar qori bo‘ldi. U xo- razmliklami safaviylarga qarshi kurashga da’vat etdi. Xorazm xalqini mustaqillik uchun kurashga ko‘tarishda Sayid Hisomiddin qattol ham katta rol o‘ynadi.
Xorazmning bo‘lajak hukmdori hokimiyatining qonuniy maqomga ega bo‘lishi juda muhim edi. Shu sababli mustaqillik uchun kurashning rahnamolari Xorazm taxtiga Dashti Qipchoqdagi Shaybon av- lodidan bo‘lgan Berka Sultonning o‘g‘li Elbarsxonni taklif etdilar. Berka Sultonning xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo‘lsa-da, bir-biriga dushmanlik munosabatida edilar. 1480-yilda o‘zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o‘z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub Berka Sultonning o‘ldirilganligi buning sabablaridan biri edi. Elbarsxon 1512- yilda Xorazm taxtiga o‘tqazildi.
Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga ko‘chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo‘shinlaridan ozod etgach, bu g‘alaba sharafiga o‘z o‘g‘illari nomiga ,,g‘ozi“ laqa- bini qo‘shib aytishni buyurdi.
Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashida erishgan g‘alabasi natijasida, 1512-yilda Xorazmning mustaqilligi tiklandi va bu mustaqil davlat keyinchalik Xiva xonligi deb atala bosh]andi. Xiva xonligida shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi. Xiva shayboniylari Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo'lgan Arabshoh ibn Po'lodning avlodlari bo‘lganligi uchun arab- shohiylar deb ham ataladilar
Xonlikda yirik o‘zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga ay- landi. Ular xonlikning butun ijtimoiy-siyosiy hayotiga hal etuvchi ta’- sir ko‘rsatib keldilar.
Ayni paytda, ular markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka, musta- qillikka intilishdi. Bu hoi o‘zaro nizolami chuqurlashtirdi. Buning ustiga, XVI asrning 70-yillarida Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga du- chor bo‘ldi. Uning asosiy sabablaridan biri - Amudaryoning o‘z o‘za- nini o‘zgartirib, Orol dengizi yo‘nalishida oqa boshlagani edi. Buning oqibatida eski o‘zan atrofidagi yerlar eho‘lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldi. Bun- dan tashqari, Xiva xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o!zaro qabilaviy nizolar, og‘ir soliqlar hamda turli to‘lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavay- ron qildi. Savdo-sotiqqa katta putur yetdi.
XVI asrda Markaziy Osiyoda dastlab tashkil topgan ikki Xiva-Buxoro o‘zbek davlati - Buxoro va Xiva xonligi o‘rta sovuq munosabatlar hukm surdi.
Buning asosiy sababi - xonliklarning bosqinchilik urushlari hisobiga o‘z hududlarini bir-birining hisobiga kengaytirishga urinishlari bo‘lsa, ikkinchisi, Buxoro va Xiva xonligida hukmron su- lolalarning bir-biriga g'anim bo‘lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.
Buxoro xoni Ubaydullaxon 1537-1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva xonligini bo‘ysundirdi. Ubaydullaxon o‘g‘li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Erksevar Xorazm xalqining ozodlik uchun kurashi natijasida mamlakatning mustaqilligi tiklandi.
Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II Xiva xonligini bir necha bor, 1598-yilda esa uzil-kesil bo‘ysundirdi. Biroq shu yilda Abdullaxon II ning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o'zaro toj-u taxt uchun kurashlar oqibatida Xiva xonligi yana mustaqil davlatga aylandi.

  • 1510-yil - Ismoil Safaviy Xorazmni bosib oldi.

  • 1512-yil - 0‘rta Osiyoda ikkinchi o‘zbek davlati - keyinchalik Xiva xonligi deb atalgan davlat tashkil topdi.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan, uyga vazifani a’lo darajada bajargan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzish va mavzuni o’qib kelish.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə