Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə37/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Toxariston
Nisbatan mustaqil hokimliklarning bir nechtasi Toxaristonda joylashgan edi. Ular 27 ta tog’ va tog’oldi viloyatlaridan iborat edi. Balx shahri Toxariston poytaxti bo’lgan.
Toxariston avval eftallar, so’ngra Turk xoqonligi tomonidan bo’ysundiriladi. Manbalarda ta’rif etilishicha, Toxariston aholisi budda diniga e’tiqod qilgan. Toxariston 25 harfli yozuviga ega bo’lgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o’troq dehqonchilik bilan shug’ullangan. Ayniqsa, qurolsozlik yuksalgan. Hozirgi Janubiy O’zbekiston va Tojikiston, Shimoliy Afg’onistonni o’z ichiga olgan bu tarixiy viloyat shimolda Hisor tog’lari, janubda Hindikush, g’arbda Murg’ob va Xerirud vodiysi, sharqda Pomir bilan chegaralangan. Toxariston nomi mil. avv. 2 asrda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila yuechjilar nomidan olingan. Toxariston Hindiston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari bilan savdo-madaniy aloqalar o’rnatgan, o’z chaqa-tangalari ichki savdo muomalasida yurgan. Toxariston Markaziy Osiyoda budda va moniylik dinlarining tarqalishi va rivojida muhim rol o’ynagan.
Farg’ona
Farg’ona hukmdorlari «ixshid» deb atalgan. Farg ona yerlari juda hosildor bo’lib, aholisi dehqonchilik bilan kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunarmandchilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo’lgan. Qo’shni mamlakatlarga bo’yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqarilgan.
Farg’ona vodiysida o’troq aholi bilan bir qatorda chorvadorlar ham yashaganlar. Qurama va Qoramozor tog’lari yonbag’irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug’ullanilgan. Bu vodiyda ko’paytirilgan tulpor otlarning dong’i jahonga taralgan.
Choch va Eloq
Chirchiq va Ohangaron vodiylarida ikkita hokimlik mavjud bo’lgan. Manbalarda ulardan biri Choch, ikkinchisi Eloq mulki nomlari ostida tilga olinadi. Chochning markazi Choch shahri bo’lib, hukmdori «tudun» deb yuritilardi. Eloqning markazi Tunkat, hokimlari esa «dehqon» deb atalardi. 5-asrda ular Eftallar davlatiga, 6-asr oxirida esa G’arbiy turk xoqonligiga bo’ysundiriladi.
7-asrning dastlabki choragida esa G’arbiy turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko’chiradi. Hukmdor va malika uchun Yabg’ukat va Xotunkat kabi o’ziga xos qarorgohlar bino qilindi. Choch tuduni va Choch tegini yozuvlari chekilgan tangalar zarb etiladi. Tangalarning old betida hukmdor surati, teskari tomonida ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, ba’zan sulolaviy ayri tamg’a tushirilgan. Ayrim tangalarda esa, hatto hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. Bunday qo’shaloq tasvir, shubhasiz, qadimgi turkiylar davlatchiligida hukmdorning malikasi xvatun (xotun) vazirlik darajasiga ega bo’lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o’rinni egallagan.
G’arbiy turk xoqonligi, shuningdek, uning yirik o’troq viloyatlaridan hisoblangan Choch o’lkasi o’z tanga pullari tizimiga ega bo’lgan.
Choch va Eloq sertarmoq xo’jalikka ega bo’lib, sug’orma dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, konchilik va savdo yuksak darajada edi. Choch va Eloq tog’lari oltin, kumush, rangli ma’danlar, temir va jilvador chaqmoqtoshlarga boy edi.
Karvon yo’lining o’lka orqali o’tishi Choch va Eloqqa ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlarining gavjumlashuviga imkon beradi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə