Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Turk xoqonligining boshqaruvi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə35/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Turk xoqonligining boshqaruvi
Turk xoqonligi qanchalik katta bo’lmasin, chinakam markazlashgan davlat emas edi. Uning asosi turkiy tilda so’zlashuvchi qabilalar ittifoqidan iborat bo’lgan. Bu ittifoqni xoqon boshqargan. Hukmdorning hokimiyati urug’-aymoq udumlariga tayangan harbiy-ma’muriy boshqaruvga asoslangan. Mamlakat ko’chmanchi chorvador va o’troq dehqon aholiga bo’linardi. Ko’chmanchi chorvador aholi «budun» yoki «qora budun» nomlari bilan yuritilgan. Budun o’z navbatida qabilalar ittifoqi birlashmasini tashkil etardi. O’n o’q budun yoki elning hokimi «yabg’u» yoki «jabg’u» nomi bilan atalardi. Yabg’u darajasiga faqat xoqon urug’iga qon-qarindosh bo’lganlargina ko’tarilardi. O’n o’q el sardori bir tuman (ya’ni o’n ming) suvoriyni safga tortar edi. Bunday harbiy bo’linmaning tumanboshisi «shod» deb yuritilgan.
Budun chorvador aholi Xoqon buyuk hukmdor, podshoh, imperator Yabg’u xoqon xoqon urug’idan bo’lgan yurt hokimi Shod o’n ming qo’shin qo’mondoni Yasoq dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq 6-asrda Chirchiq, Zarafshon, Qashqadaryo va Amudaryo havzalarida o’ndan ortiq voha hokimliklari mavjud edi. Ularning iqtisodiy va siyosiy boshqaruvi mahalliy sulola hukmdorlari qo’lida qoldirilib, turklar ulardan faqat boj va yasoq undirib olish bilan cheklanadilar.
Xoqonlikning bo’linishi
Katta-katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqi markaziy hokimiyatga bo’ysunmaslikka intilganlar. Turk xoqonligi tasarrufida bo’lgan hududlardagi hokimlar mustaqil bo’lishni istar edilar. Bu omillar xoqonlikning mustahkam markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermagan.
Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqaruv tartibi xoqonlikni tobora zaiflashtira borgan. Buning ustiga, Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat xoqonlik ahvolini yanada og’irlashtirgan. Oqibatda, Turk xoqonligi 6-asrning 80-yillari oxirlarida ikkiga: Sharqiy turk xoqonligi va G’arbiy turk xoqonligiga bo’linib ketadi. Buyuk turk xoqonligi barpo etilgan el-yurt Oloy tog’lari sharqidan to Uzoq Sharqqacha bo’lgan hudud, ya’ni Janubiy Sibir, Urxun havzasi (Mo’g’uliston), Shimoliy Xitoy Sharqiy xoqonlik tasarrufida bo’lgan. Mazkur xoqonlikning poytaxti O’tukan vodiysi (Mo’g’uliston)da qaror topgan. Oloy tog’larining g’arbida joylashgan o’lkalar: Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo va Amudaryo havzalari hamda ularga tutashgan hudud G’arbiy xoqonlik tomonidan idora etilgan, qarorgohi Yettisuvda joylashgan. G’arbiy xoqonlik o’troq voha va viloyatlarni boshqarishda qator mavjud mahalliy sulolalarni saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga molik ayrim o’lkalarda esa turkiy hokimiyatni tashkil etish maqsadida xoqon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə