Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə34/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Xoqonlikning tashkil topishi
6-asr o’rtalarida Oltoy va Janubiy Sibirda yashagan turkiy qabilalarni birlashtirgan yangi davlat vujudga keldi. Bu davlat tarixga Turk xoqonligi nomi bilan kirgan. Uning asoschisi Bumin edi. 552-yilda Bumin «xoqon» deb e’lon qilindi.
Oltoy xoqonlikning markazi qilib belgilanadi. Turklarning g’arbga tomon yurishlariga Istami boshchilik qiladi. Unga «Yabg’u xoqon» degan unvon beriladi. Tez orada Yettisuv va Sharqiy Turkistonga tutashgan yurtlarda yashovchi turkiy qabilalar bo’ysundiriladi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni egallaydilar. Xoqonlik Eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan.
558-yilda turklar Yoyiq (Ural) va Itil (Volga) bo’ylarini zabt etadi. 575-576-yillarda Shimoliy Kavkazning bepoyon yerlarini egallab, Qrim yarimoroliga kirib boradilar. Natijada eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi. Bunday qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va Chag’oniyonni eftallardan tortib oladilar.
Eftallar davlatining qulashi
Turk xoqonligining eftallar bilan to’qnashishi muqarrar edi. Bunday murakkab siyosiy vaziyat xoqonlikni Eron, so’ngra Vizantiya bilan yaqinlashtiradi. Uzoq vaqt eftallar tazyiqida yashagan sosoniylar bu davlatning tamomila barbod bo’lishidan manfaatdor edi. Xusrav I Anushervon (531-579) tashabbusi bilan yuzaga kelgan o’zaro harbiy ittifoq Eron shohining Istamiga kuyov bo’lishi orqali yanada mustahkamlanadi.
Eron askarlarining Balxga hujumi ko’magida turklar 563-yilda Eftallar davlati yerlariga bostirib kiradilar. Parak (Chirchiq) vodiysi va uning markazi Choch shahri ishg’ol qilinadi. Sirdaryodan o’tib, Zarafshon vodiysiga kirib boradilar.
Ular Samarqand, Kesh va Naxshabni egallab, Buxoroga yaqinlashadilar. Sakkiz kun davom etgan shiddatli jangda eftallar qo’shini yengiladi. Shunday qilib, janubdan Eron sosoniylaridan, shimoldan esa Turk xoqonligidan 563-567-yillarda zarbaga uchragan Eftallar davlati tamomila barbod bo’ladi. Natijada mag’lub davlatning merosi o’zaro bo’linib, Amudaryoning janubiy qirg’oqlarigacha bo’lgan viloyatlar Eron, uning o’ng sohillari bo’ylab Kaspiy dengizigacha cho’zilgan yerlar Turk xoqonligi tasarrufiga o’tadi.
Qo’sh tasvirli Chag’oniyon Eftallar davlati qulagach, vaziyat tubdan o’zgaradi. Endilikda o’z chegarasini shimoli sharqqa tomon kengaytirib olgan Eron Amudaryodan to Suriyaga qadar Ipak yo’li ustida haqiqiy sarbon bo’lib oladi. Uzoq Sharqdan Eron hududlarigacha karvon yo’li nazoratini o’z homiyligi ostiga olgan turklar esa Eron orqali Vizantiya bilan bevosita savdo qiladigan bo’ldi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə