Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə32/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.


MMIBDO’________ ________________________
SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Buyuk ipak yo‘li
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida Tarix fani bo’yicha ta’lim berish. Tarix fanidan tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida Tarix fani bo’yicha ta’lim berish. Tarix fanidan tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy: Tarix fanini o'rganishga qiziqish uyg'otish.
Rivoj lantiruvchi: Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakasini rivojlantirish.
Kommunikativ kompetensiya:
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf-odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va h.k.) hurmat qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu.
Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo'ladi. Shu yili u 20 yoshga to'lgan edi.
Makedoniyalik Aleksandr g'ayrioddiy kuchg'ayrat va jasorat sohibi bo'lgan, safdoshlari va qo'shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 11 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma’lumotlar qoldirgan.
O'rta Osiyo xalqlari orasida xanjar “aqinaq” jangovar oybolta esa “sagaris” deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamondan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko'kragiga temirdan to'qilgan bargustvon yopilgan.
Miloddan VII-IV avvalgi asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo'lgan mustahkam devorlar bilan o'rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo'laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularga ham kamonchilar qo'yilgan. Suv to'latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo'lni to'sib turar edi.
Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo'lgan so'nggi shoh Doro III qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Oks-Amudaryodan o‘ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to‘siqdan o'tib oldilar. Qo'shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi.
Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Maroqandani egalladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə