Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə30/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.
MMIBDO’________ ________________________
SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : O‘rta Osiyoga ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida Tarix fani bo’yicha ta’lim berish. Tarix fanidan tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy – ahamoniylar davrida davlat boshqaruvi haqida ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – To’maris va Shiroq afsonalarining ahamiyatini tushuntirish;
III.Yangi mavzu. O‘rta Osiyoga ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari
Miloddan avvalgi VI asr o'rtalarida Qadimgi Fors shohlari sulolasidan bo‘lgan Ahamoniylar xonadoni hukmdorlari tarkibiga jahonning barcha yirik mamlakatlari va shaharlari kirgan imperiya barpo etishga harakat qila boshladilar. Kir II O’rta Osiyo hududini bosib olishga harakat qilib ko'rgan ilk fors podshosi bo'lgan. Mil. avv. 545 va 540-yillar oralig'ida u Parfiya, Marg‘iyona va Baqtriyani bosib oldi. Mil. avv. 530-yilda Kir II ulkan lashkar bilan massagetlar ustiga yurishga otlandi.
Massagetlar mamlakati qanday qilib bosib olingani to‘g‘risida “tarix otasi” Gerodot hikoya qilib bergan.
Miloddan avvalgi 522-yilda ahamoniylar sulolasi vakillarida biri Doro I taxtga o’tirdi. U miloddan avvalgi 522-486-yillarda hukmronlik qilgan.
Doro I hukmronligining birinchi yili Marg'iyonada fors istilochilariga qarshi yirik xalq qo'zg'oloni ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga Frada rahbarlik qiladi. Qo'zg'olonchilar bilan forsiar qo'shinlari o’rtasida hal qiluvchi jang miloddan avvalgi 522-yilda bo'ladi. Fradaning o‘zi asirlikka olinadi va miloddan avvalgi 521-yilda qatl etiladi. Bu voqea haqidagi ma’lumot Behistun kitobalarida keltirilgan.
Bosib olingan mamlakatlarni itoatda tutmoq uchun ahamoniylar butun boshli davlatni alohida viloyat-satrapliklarga bo'lib tashladi. Bu so‘z forscha “xshatra”-“viloyat” so'zidan kelib chiqqan. Viloyat boshlig'i-satrapga cheklanmagan hokimiyat berilgan edi. Satraplarning ko’pchiligi ahamoniylar sulolasi vakillari bolgan. O’rta Osiyoning forslar bosib olgan viloyatlari uch satraplikka bo'linadi.
O'rta Osiyo xalqlari ustidan ahamoniylar hukmronligi 200 yildan ko'proq davom etdi. Faqat mil. avv. IV asrda saklar, xorazmiylar va massagetlar Ahamoniylar davlati tarkibidan chiqib, mustaqil bo'ldilar.



Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə