Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə27/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Harbiy demokratiya-ilk davlatchilikka o'tish davrida qabilaga saylab qo'yiladigan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shaklidir.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.


MMIBDO’________ ________________________


SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Yangi Bobil podsholigi
Tarbiyaviy – Solon islohotlari bilan tanishtirish va Afinada demokratiya shakllanishida ularning ahamiyatini ko’rsatib berish;
Rivojlantiruvchi – Drakont qonunlarini tavsiflash va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini ko’rsatish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar - Drakont, Solon, demos, demokratiya, aristokratiya;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. Afina demokratiyasi
Afina shahrida markaziy maydon bo’lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etar edi.
Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. O’rtayer dengizi sohillarida yuzdan ziyod yunon koloniyalari tashkil topdi.
Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga “siyoh qolib, qon bilan yozilgan” deya ta’rif berishgan.
Solon degan aqlli va tajribali zodagon, ayniqsa, xalqqa yon berishning qattiq tarafdori edi. Solon aslzodalarga shunday degan: “Yunonistonning ko'pginashaharlarida bo'ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Kambag'allarga qullar kelib qo‘shilmasdan turib, xalq talablarining bir qismini bajarish kerak”.
Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo'lmagan hunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dehqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo'lgan qarorlar qabul qilinar edi. Miloddan avvalgi 443-429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo'ldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham “Perikl asri” deb atalgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə