Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə31/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.


MMIBDO’________ ________________________


SANA____________ 202_ yil TARIX
Mavzu : Qadimgi Xorazm. Qadimgi Davan. Qadimgi Qang‘
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida Tarix fani bo’yicha ta’lim berish. Tarix fanidan tayyorgarlikni kuchaytirilgan holda tayyorgarlik kurish.
Tarbiyaviy – O’rta Osiyoning qurol-yarog’i va harbiy san’ati to’g’risida ma’lumot berish;
Rivojlantiruvchi – Makedoniyalik Aleksandrning istilochilok yurishlarini muhokama qilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;
Darsning turiyangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar – Makedoniya, sagaris, aqinak, Oks, Aleksandriya Esxata;
Darsning borishi.II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)
III.Yangi mavzu. O‘rta Osiyo xalqlarining yunon-makedon bosqinchilariga qarshi kurashi
Aleksandr miloddan avvalgi 336-yilda Makedoniya podshosi bo'ladi. Shu yili u 20 yoshga to'lgan edi.
Makedoniyalik Aleksandr g'ayrioddiy kuchg'ayrat va jasorat sohibi bo'lgan, safdoshlari va qo'shinlari unga nihoyatda sadoqatli edi. Mil. avv. 334-yilda u Sharqqa yurish boshladi, bu yurish 11 yil davom etdi. Ana shu yurish davomida u Kichik Osiyo, Suriya, Misr, Eron va Hindistonda katta-katta hududlarni bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr ulkan hududda yunon madaniyati tarqalishiga imkon yaratish maqsadida bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi. Makedoniyalik Aleksandr yurishlarida qatnashgan tarixchi Aristobul ular haqida mufassal ma’lumotlar qoldirgan.
O'rta Osiyo xalqlari orasida xanjar “aqinaq” jangovar oybolta esa “sagaris” deb nomlangan. Uzoq masofadan turib jang qilish quroli sifatida kamondan foydalanilgan. Jangovar otlar ustiga va ko'kragiga temirdan to'qilgan bargustvon yopilgan.
Miloddan VII-IV avvalgi asrlarda Qiziltepa, Afrosiyob va Uzunqir singari shaharlar burj va borulari bo'lgan mustahkam devorlar bilan o'rab olingan edi. Devorlar tepasida kamonchilar uchun yo'laklar qurilgan. Devorlar sirtidagi burj va borularga ham kamonchilar qo'yilgan. Suv to'latilgan chuqur va keng xandaq qal’aga boradigan yo'lni to'sib turar edi.
Miloddan avvalgi 330-yilda Makedoniyalik Aleksandr Qadimgi Fors davlatining Ahamoniylar sulolasidan bo'lgan so'nggi shoh Doro III qo'shinlarini tor-mor keltirdi. Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Oks-Amudaryodan o‘ta boshladi. Aleksandrning jangchilari bu to‘siqdan o'tib oldilar. Qo'shinlar qarshisida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda turar edi.
Miloddan avvalgi 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Maroqandani egalladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə