Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə46/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Davlat boshqaruvi
Qoraxoniylar davlatni viloyatlarga bo’lib idora qilardilar. Ularni eloqxon yo’ki takin (yoki tegin)lar boshqarardilar. Hokimlari faqat qoraxoniylar xonadonining eloqxon unvoniga sazovor bo’lgan a’zolaridan saylanar edi. Eloqxonlar o’z nomlari bilan chaqa-tangalar zarb qilar va viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Mova-rounnahr eloqxoni qoraxoniy eloqxonlari orasida katta obro’ga ega edi. U Samarqandda taxtga o’tirgan. Viloyat boshqaruv ma’muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, sohibbaridlar, mustovfiylar xizmat qilardi. Shaharlar esa shahar hokimi, raislar tomonidan boshqarilardi. Qoraxoniylar mamlakatda o’z hukmronligini mustahkamlab olishda musulmon ruhoniylari bilan yaqin va do’stona munosabatlar o’rnatadilar. Bu davrda imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e’tibor kuchayib, ularning obro’yi har qachongidan ham balandga ko’tariladi. Qoraxoniy hukmdorlari garchi bu davrda hali o’troq hayotga ko’chmagan bo’lsalar ham, dehqonchilik vohalari va shaharlarning madaniy ahamiyatini yaxshi anglar edilar. Ular Bolasog’un, Qoshg’ar, Taroz, O’zgan, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylantirib, shaharlar bilan aloqa bog’lashga harakat qiladilar.
Qoraxitoylar hujumi
Siyosiy jihatdan tobora zaiflashib borayotgan Qoraxoniylar davlati o’zining avvalgi mavqeyini yo’qotib, saljuqiylar tazyiqiga uchraydi va unga qaram bo’lib qoladi. 12-asrning 30-yillari oxiriga kelganda Qoraxoniylar davlati sharqdan kelgan yangi istilochilar ko’chmanchi qoraxitoylar (mo’g’ullarga mansub qabila) hujumiga duchor bo’ldi. Go’rxon Bolosog’un shahrini Qoraxitoylar davlatining poytaxtiga aylantirgan. Yettisuvga joylashib olgan qoraxitoylar tez orada Sirdaryoning o’rta oqimiga tomon yurish boshlaydilar. Ularning jangovar qo’shinlari avval Shosh va Farg’onaga, so’ngra Zarafshon va Qashqadaryo viloyatiga bostirib kiradi. 1137-yilda ular Xo’jand shahri yaqinida qoraxoniylarning eloqxoni Mahmudga qaqshatqich zarba beradilar. O’zaro sulh tuzilib, qoraxoniylardan katta tovon olingach, o’z yurtlariga qaytib ketadilar. Lekin sulh uzoqqa cho’zilmaydi. Oradan to’rt yil o’tgach qoraxitoylar yana Movarounnahrga yurish qiladilar. 1141-yilda bo’lib o’tgan jangda qoraxitoylar g’alaba qozonadi. Oqibatda Qoraxoniylar davlati tugatiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə