Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə49/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Mustaqillik uchun kurash
1017-yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan zabt etilib, o’z mustaqilligidan mahrum bo’lgan Xorazm ko’p vaqt o’tmay (1040) Saljuqiylar davlatiga qaram bo’lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o’z ma’murlaridan Anushteginni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtegin vafotidan so’ng Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qiladi. Garchi u «xorazmshoh» unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug’lansa-da, Saljuqiylar davlatining sadoqatli noibiligicha qolgan edi. Xorazmning mustaqilligi Qutbiddin Muhammadning o’g’li Otsiz (1127-1156) nomi bilan bog’liqdir.
Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o’ziga bo’ysundiradi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo’lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarimorolini egallaydi. Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o’rta oqimiga qadar bo’lgan yerlarda Xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.
Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi
Otsizning siyosatini uning vorislari Elarslon (1156-1172), Sultonshoh Mahmud (1172) va Takash (1172-1200) davom ettiradilar. 12-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. 1153-yilda Sulton Sanjarga qarshi ko’chmanchi o’g’uzlar isyon ko’taradilar. Buning oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, zaiflashib qoladi.
Dastavval undan Kichik Osiyo va Kermon ajralib ketadi. So’ngra Fors, Ozarbayjon va Xuroson viloyatlari mustaqil bo’lib oladi. Bunday siyosiy vaziyatda, shubhasiz, Xorazmning hukmronlik doirasi kengaytirilib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlanadi. Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv shaharlarini zabt etadi. 1194-yilda esa saljuqiylar sultoni To’g’rulga qaqshatqich zarba berib, Eronni Xorazmga bo’ysundiradi.
Davlat hududining kengayishi
Takashdan so’ng uning o’g’li Alovuddin Muhammad (1200-1220) ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. 1206-yildan boshlab Movarounnahrni qoraxitoylarning qaramligidan ozod etishga kirishildi. 1210-yilda Talos vodiysida qoraxitoylar mag’lubiyatga uchraydi. Yettisuvgacha bo’lgan yerlar Xorazmshohlar davlati tasarrufiga o’tadi.
13-asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga aylangan edi. Uning shimoli g’arbiy va g’arbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi sohillaridan janubi g’arbda Iroqqa qadar borar edi. Janubi sharqiy hududlari G’azna viloyatidan, shimoli sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti Qipchoqdan o’tar edi.
Sharqdagi bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Hukmdor Muhammad Xorazmshoh esa «Iskandari soniy» deb ulug’langan. Uning saroyida 27 hukmdor va ularning vakillari doimo itoatda bo’lgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə