Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə51/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Urganch qamali
1220-yilning boshlarida Chingizxon qo’shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e’lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirishsa-da, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Bu orada sobiq Jand noibi qochqin Qutlug’xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilayotgan fitnadan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo’nashga majbur bo’ladi. Chunki bunday vaziyatda poytaxt tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini sira ham tashkil qilib bo’lmas edi. Tez vaqt ichida shahzodalar O’zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etib, qochib ketadilar. Poytaxt taqdiri o’ta qo’rqoq va amalparast amir Xumortegin qo’lida qoladi.
1221-yilning qishida 50 ming kishilik mo’g’ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o’z ona shahrini mudofaa qiladilar. Poytaxt ichida olib borilgan ko’cha janglarida zamonining buyuk allomasi shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o’z do’st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan «Yo Vatan, yo sharofatli o’lim» deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko’cha-ko’y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Uzoq davom etgan ko’cha janglarida minglab mo’g’ul askarlari halok bo’ladi. Mo’g’ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash yetti oy davom etgan.
Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a’yonlari, barcha yor-u do’stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə