Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə54/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilish;
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
13-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan og’ir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni talab qilmoqda edi. Amir Temur o’z zamonining bunday talabini boshqa amirlarga nisbatan yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham u mar-kazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur bu ulkan maqsadini ro’yobga chiqarish ishini avvalo ichki g’animlariga qarshi . kurashdan boshlaydi.
1370-yilning bahorida Amir Temur butun qo’shinlari bilan kuchli raqib Balx hukmdori Amir Husaynga qarshi yo’lga chiqadi. Qo’shin Termiz yaqinidagi Biyo qishlog’iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi. Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qo’llab-quvvatlab, unga Oliy hokimiyat ramzi tabl bilan yalovbayroq tortiq qilib, uning buyuk kelajagidan bashorat qiladi. Bu voqea, shubhasiz, siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur qo’shini to Balxga yetib borgunicha, yo’l-yo’lakay unga yangi-yangi kuchlar kelib qo’shiladi. Bu paytga kelib Amir Husaynning ko’pchilik amirlari uni tark etadilar. Jangda Amir Husayn qo’shinlari yengiladi, ikki kunlik qamaldan so’ng, 1370-yilning 10-aprelida Balx shahri Amir Temurga taslim bo’ladi. Amir Husayn qatl etiladi.
1370-yilning 11-aprelida Chig’atoy ulusining bek va amirlari, viloyat va tumanlarning dorug’alari, Amir Temurning quroldosh do’stlari, shuningdek, Amir Temurning piri Sayyid Baraka ishtirokida qurultoy o’tkaziladi. Qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə