Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Jaloliddin Manguberdining jasorati



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə52/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Jaloliddin Manguberdining jasorati
Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo’g’ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryo janubidagi yirik savdo va madaniyat markazlari: Balx, Hirot, Marv va G’azna kabi shaharlarga yo’naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o’lkada u kuchli lashkar to’playdi.
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G’azna, Bomiyon va Hindiston hududlarigacha bo’lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G’azna tomon borardi. Yo’lda unga Xuroson noiblari o’z qo’shinlari bilan kelib qo’shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo’g’ul qo’shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G’aznaga yetib keldi. Uning qo’shinlari safiga yangi kuchlar qo’shildi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo’g’ul qo’shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g’alabasi edi.
Fursatdan foydalangan Chingizxon G’aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg’oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo’yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o’rtada qattiq jang bo’ladi. Jaloliddin Chingizxon qo’shinining ilg’orini yengadi. Mo’g’ullarning pistirmalarga qo’yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo’lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg’oqqa suzib o’tadi. U bilan birga uning to’rt ming kishilik askari ham daryodan o’tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho’li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qib qilish fikridan qaytadi. Hatto, u o’g’illariga qarab: «Ota o’g’il mana shunday bo’lishi lozim», degan ekan.
Jaloliddin yana o’n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo’g’ullarga qarshi kurashni davom ettiradi. Shunday qilib buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalar-da, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning ilojini qilolmaydilar. Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. bu ulkan davlat batamom barham topadi. Jaloliddin Manguberdi» ordeni.
Vatan ozodligi yo’lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O’zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o’rnatildi, yirik ko’cha va maydonlarga uning nomi qo’yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta’sis etilgan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə