Iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash 5-6-7-8-9


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə48/69
tarix08.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#116102
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Tarix IQTIDOLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLAR 2021 (1)

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
orasta kiyinish, yurish turishda madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish,
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Dars jarayoni
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Ma’muniylar davrida Xorazm
Xorazmshohlar davlati 9-10-asrlarda tohiriy, safforiy va somoniylar qo’l ostida bo’lgan. 10-asr oxirlarida Xorazm iqtisodiy jihatdan yana tez rivojlana boshlagan. 10-asrning oxiriga borganda 8-asr boshlaridagi mavjud uchta shaharlarning soni o’ttiz ikkitaga yetgan. 10-11-asrlarda Xorazm mintaqadagi yirik savdo markazlaridan biriga aylangan. Xorazm savdogarlari chorvadorlar (hozirgi Turkmaniston va Qozog’iston) hamda Itil (Volga) bo’yidagi Xazar va Bulg’or podsholiklari, shuningdek, Sharqiy Yevropaning slavyan aholisi bilan savdo-sotiq olib borganlar. Savdo aloqalarining kengayishida ayniqsa, Gurganch (Urganch) shahri muhim rol o’ynagan. Uning hokimi «Gurganch miri» nomi bilan ulug’langan.
995-yilda Gurganch miri Ma’mun ibn Muhammad Kat shahrini ishg’ol qilib, Xorazmning ikkala qismini birlashtirdi va Xorazmshoh unvoniga sazovor bo’ldi. Shu tariqa afrig’iylar sulolasi barham topib, ma’muniylar hukmronligi boshlandi. Ko’hna Urganch Xorazmshohlar davlatining poytaxtiga aylandi. Qisqa davr ichida ma’muniylar Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlantirdilar. Mamlakat viloyat, shahar va qishloq (qal’a)larga ajratilib boshqarildi.
Xorazmshoh davlatning oliy va mutlaq hokimi hisoblanardi. Gurganchda shoh qarorgohi, markaziy boshqarma devonxona tashkil etildi. Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan shug’ullanadigan mahkamalar faoliyat ko’rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik xo’jayi buzruk unvoniga ega bo’lgan. U devonxona ishlariga mas’ul bo’lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan.
Ma’muniylar davrida Xorazmda ilm-fan va madaniyat ravnaq topib, Ma’mun akademiyasi «Dorul hikma va maorif» («Bilimdonlik va maorif uyi») tashkil etiladi. Ushbu ilmgohda buyuk qomusiy olimlar ijod etganlar, o’z kashfiyot va asarlari bilan Xorazmshohlar davlatining mavqeyini yuksak darajaga ko’targanlar. Biroq bu madaniy yuksalish uzoq davom etmagan.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə