23
xizmati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xizmat vositasida tadbirkorlarni ro‘yxatga
olish vaqti 30 minut deb belgilandi.
Firmaning nomi, tamg‘asi yoki tovar belgisi uning
taniqlilik belgilari
hisoblanadi. Ularni tanlashda firmaning o‘ziga
xos xususiyatlarini hisobga
olish lozim. Firmaning tamg‘asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari
boshqa firma mahsulotlaridan ajralib turishi uchun xizmat qiladi.
Firmaning tovar belgisi iste’molchilar uchun ham qulaylik yaratadi. Ular
peshtaxtalardan, reklama va e’lonlardan u yoki bu firmaning mahsulotlarini
tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi. Shuningdek, firma o‘z nomi,
tovar belgisini ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro‘yxatdan
o‘tkazishi lozim. Chunki boshqa mavjud firmalarning nomini qo‘yish,
tovar belgilaridan foydalanish dunyo bo‘yicha taqiqlangan.
Firma ochmoqchi bo‘lgan shaxs Davlat statistika qo‘mitasining
rasmiy
saytiga kirib o‘zi tanlagan firma nomini zaxiralashtirishi mumkin.
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishning huquqiy
asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan.
Xususan, Konstitutsiyamizning 53- moddasida “Davlat iste’molchilarning
huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat
qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy
jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi” deb ta’kidlangan.
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarga
yanada ko‘proq
imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rag‘batlantirish maqsadida mamlaktimizda keng qamrovli
islohotlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda bu borada qator qonunlar,
Prezidentimizning o‘nlab farmon va qarorlari qabul qilindi.
Bular ham
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Respublikamizda ro‘yxatga olingan korxonalar va tashkilotlar soni
2019- yil 1- yanvar holatiga ko‘ra, qariyb 323.5 mingtani tashkil qildi.
Bu o‘tgan yilga nisbatan 38 mingtaga (13.3 % ga) ko‘pdir. Shuningdek,
mamlakatimizdagi chet el kapitali qatnashuvi bilan tashkil qilingan
korxonalar soni bir yilda 39,3% ga ko‘paygan va 7,8
mingtani tashkil
qilgan. Bunda eng ko‘p korxonalar Rossiya, Xitoy, Turkiya, Janubiy
Koreya va Qozog‘iston mamlakatlari kapitali qatnashuvida tashkil
qilingan.
Dostları ilə paylaş: