Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120
84019 (2)

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz


21
Shirkat
Aksiyadorlik 
jamiyati
Xususiy
firma
Mas’uliyati
cheklanmagan 
jamiyat
Yakka tartibdagi 
tadbirkorlik
Mas’uliyati 
cheklangan 
jamiyat
FIRMA TASHKIL QILISH 
4- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. “Firma mavjudligi va faoliyat yuritayotganligi, albatta, qandaydir 
hujjatlarda aks etib turishi shart” degan fikrga o‘z munosabatingizni 
bildiring.
2. Aks holda qanday salbiy oqibatlar yuz berishi mumkin?
3. Sizningcha, yuqoridagi firmalarning qaysi birini tashkil qilish
hujjatlarini rasmiylashtirish qiyinroq? Qaysilariniki, aksincha, nisbatan 
osonroq?
Firma ochish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. 
Eng avvalo, firmaning nizomi va ta’sis shartnomasini tayyorlash zarur. 
Firma nizomida firmaning nomi, manzili, firma ochishdan ko‘zlangan 
maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, firma 
kimlar — qaysi ta’sischilar tomonidan tashkil qilinayotgani, firmaning 
http:eduportal.uz


22
tashkiliy shakli, firma faoliyatini yuritish uchun dastlab qancha miqdorda 
boshlang‘ich mablag‘ — nizom jamg‘armasi safarbar qilinayotgani, firma 
ta’sischilarining nizom jamg‘armasiga qo‘shgan hissasi, firma mol-
mulklarining tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma’lumotlar o‘z 
aksini topishi zarur. Firmaning nizomida ko‘zda tutilgan har bir band 
tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. 
Firma nizomi, odatda, tadbirkorlikning shu firmaga xos yo‘l-yo‘riq va 
qonun-qoidalari majmuidan iborat bo‘lib, kelajakda firma unga rioya 
qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo‘ladi.
Firmaning o‘z nomi, muhri belgilari bo‘lib, ular firmani davlat 
ro‘yxatidan o‘tkaziladi va firmaga iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida 
yuridik shaxs
maqomi beriladi. Firma nomi tushirilgan dumaloq va 
burchakli muhrlari, ish qog‘ozlarini tayyorlatib, to‘la ma’noda o‘z 
faoliyatini amalga oshirishga kirishadi. Firmaning pul bilan bog‘liq 
barcha ishlari bank orqali amalga oshiriladi. Prezident farmoniga muvofiq, 
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “yagona darcha” 
markazlari 2018- yil 1- yanvardan boshlab Davlat xizmatlari markazlariga 
aylantirildi.
Firmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ham mana shu 
markaz orqali amalga oshiriladigan bo‘ldi.
2017- yil 1- apreldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
(my.gov.uz) orqali tadbirkorlik subyektlarini onlayn tarzda ro‘yxatga olish 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə