Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120
84019 (2)

Buni yodda tuting!
“Ziyo” aksiyadorlik jamiyati
Nizom jamg‘armasi 
– 40 000 000 000 so‘m.
Aksiyalar turi 
– oddiy.
Aksiyalar nominal qiymati 
– 10 000 so‘m.
Aksiyalar soni 
– 4 000 000 dona.
Aksiyadorlari:
– Dilorom
– 10 % aksiya egasi; 
Dilshod
– 20 % aksiya egasi;
– Botir
– 35 % aksiya egasi;
– boshqalar (20 kishi)
– 35 % aksiya egasi.
Bir yillik sof foyda
– 5 000 000 000 so‘m.
“Ziyo” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari yillik sof foydani 
taqsimlash masalasini muhokama qilishmoqda. Diloromning fikricha, 
foydaning hammasini dividend sifatida taqsimlash kerak. Dilshod ham 
shu fikrda. Botirning fikricha, foydaning yarmini ishlab chiqarishni 
kengaytirishga yo‘naltirib, yarmini esa aksiyadorlar o‘rtasida taqsim-
lash kerak.
1. Sizningcha, kimning fikri muhimroq deb o‘ylaysiz? Nega?
2. Foydaning hammasi taqsimlansa, jamiyat asosiy aksiyadorlarining 
har biri qanchadan dividend oladi?
3. Har bir aksiya qanchadan dividend ko‘rinishdagi daromadni olib 
keladi? 
4. Bu korxona aksiyalarining bozor narxi haqida nima deya olasiz? 
Topshiriq
http:eduportal.uz


20
FOND BOZORI INDEKSLARI
MUSTAQIL FAOLIYAT
Fond bozori (ingl. 
“stock market”
) – bu moliya bozorining qimmatli 
qog‘ozlar sotiladigan turi bo‘lib, bunday qimmatli qog‘ozlarning eng 
ko‘p tarqalgani aksiyalardir.
Fond bozorining eng muhim institutlari – fond birjalaridir. 
Ommaviy axborot vositalaridan “Nyu-York fond birjasida indekslar 
keskin ko‘tarildi

, yoki aksincha
“tushdi”
degan xabarlarni eshitganmiz. 
Bunda ko‘pincha Dou-Jons, Nikkey, Daks, Xang Seng kabi indekslar 
nomlari tilga olinadi. Bu indekslar nimani ifodalaydi?
Birinchi indeksni amerikalik Edvard Jons va Charlz Dou o‘ylab 
topishgan. Ular Nyu-York fond birjasida AQSHning eng yirik 12 ta 
korxonasi aksiyalari narxlarining o‘rta arifmetik qiymatidan indeks 
hisoblab chiqarishgan va buni Dou Jons (Dow Jones) indeksi deb 
atashgan. O‘shandan buyon bu indeksni hisoblash tartibi ancha o‘zgardi, 
mukammallashdi. Hozir bu indeksga kiradigan korxonalar soni 30 taga 
yetdi. Bu indeksga eng mashhur Coca-Cola, IBM, Intel, General Motors 
kabi kompaniyalar kiradi. 
Iqtisodiy vaziyatni tahlil qilish uchun birja indeksi ko‘rsatkichining 
o‘zi muhim emas, balki bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi muhimdir.
Masalan, birja indeksi o‘sayotgan bo‘lsa, demak, bu indeksga 
taalluqli korxonalar aksiyalari qimmatlashayotgan, ya’ni iqtisodiyotning 
shu sohasida o‘sish ro‘y berayotgan bo‘ladi. Agar, aksincha, indeks 
pasaysa, ushbu sohada ham pasayish yuz berayotgan bo‘ladi. Shunday 
indekslar borki, ular nafaqat iqtisodiyotning muayyan sohasini, balki 
butun mamlakat iqtisodiyotining ahvolini aks ettirib turadi. Masalan, 
S&P 500 indeksiga AQSHning eng yirik 500 ta kompaniyalari kiradi 
va ular iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan. Demak, bu 
indeksning o‘zgarishi butun AQSH iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni o‘zida 
aks ettiradi.
Internetdan: 1. Muayyan kompaniya aksiyalarining joriy qiymatini va 
uning kunlik o‘zgarishini aniqlang. 
2. Yuqorida nomlari aytilgan indekslarning joriy qiymatini va bir 
kunlik o‘zgarishini aniqlang. 
3. Toshkent Respublika fond birjasida muayyan korxona aksiyasining 
joriy qiymatini va uning kunlik o‘zgarishini aniqlang.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə