Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120
84019 (2)

Shirkat
 –
birgalikda faoliyat ko‘rsatish maqsadida ikki va undan 
ortiq kishilarning mulki asosida tashkil qilingan va faoliyat natijasiga 
birgalikda to‘la javob beriladigan firma.
Ma’lumki, kattaroq miqyosdagi tadbirkorlikni tashkil qilish katta 
boshlang‘ich mablag‘ni talab qiladi. Buning uchun bir necha shaxslar 
yoki korxonalarning sherikchilikda ish ko‘rib, mol-mulklarini birlash-
tirishlariga to‘g‘ri keladi. Shu maqsadda
 sherikchilik firmalari
tashkil 
qilinadi. Sherikchilik asosida tuzilgan firmaning tashkilotchilari uning 
ta’sischilari 
deb ataladi. Ta’sischilar firmaning boshlang‘ich kapitaliga 
— 
nizom jamg‘armasiga
o‘z pul mablag‘i va mol-mulki bilan hissa 
qo‘shadilar. Ta’sischilar firmaning egalari hisoblanib, firmaning kundalik 
faoliyatida va uni boshqarishda bevosita qatnashmasliklari ham mumkin. 
Bunday faoliyat natijasidan olinadigan foyda ham, ko‘riladigan zarar 
ham ta’sischilar o‘rtasida 
ta’sis shartnomasi
da ko‘zda tutilgan, ma’lum 
kelishilgan qoidaga ko‘ra taqsimlanadi.
Sherikchilik asosida tuzilgan firmalar faoliyatidan ko‘rilgan zarar 
ta’sischilar tomonidan qanday qoplanishiga qarab turli xil nomlar bilan 
yuritiladi. Bunday firmalarning eng ko‘p tarqalgan turi – bu mas’uliyati 
cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi sherikchilik firmasidir. Agar ta’sischi-
lar ko‘rilgan zararni faqat firmani tashkil qilishda qo‘shgan hissalari 
hajmidagina qoplasalar, bunday firma – 
mas’uliyati cheklangan jamiyat
deb ataladi. “Ltd” qo‘shimchasi, inglizcha “limited” (cheklangan) 
so‘zining qisqartmasi bo‘lib, odatda, mas’uliyati cheklangan 
jamiyat
nomiga qo‘shib yuritiladi. 
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyat
ning ta’sischi-
lari esa ko‘rilgan zararni to‘la hajmda birgalashib qoplashadi. Hatto 
zarurat tug‘ilganida, o‘z shaxsiy mulklarini sotib bo‘lsa-da, firma zararini 
qoplaydilar.
http:eduportal.uz


15
1. Firmalar qaysi xususiyatlariga qarab turlarga bo‘linadi?
2. Firmaning har bir turiga yashayotgan hududingizdan misol keltiring.
3. Har bir firma turining afzallik va kamchilik tomonlarini sanang.
4. Shirkat va sherikchilik firmasining qanday o‘xshashlik va farqli 
tomonlari bor?
5. Davlat korxonalari va xususiy firmalar nimasi bilan bir-biridan farq qiladi?
6. Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan firmalar o‘rtasidagi farqni 
ayting.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə