Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
84019 (2)

Tijorat
 
— tovarni muayyan narxda sotib olib, so‘ng boshqaga o‘z 
foydasini ko‘zlab qimmatroq narxda sotishdan iborat tadbirkorlik 
faoliyati.
Ulardan ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Ishlab chiqarish faoliyatiga asoslangan tadbirkorlikda ishlab chiqarish-
ning tabiiy, kapital va mehnat omillari birlashib harakatga keladi. Tadbirkor 
ishlab chiqarish vositalari — yer, bino, inshoot, asbob-uskunalar, xom 
ashyoni sotib oladi, ishchi xodimlarni yollaydi. Turli xildagi tovarlar 
ishlab chiqaradi va iste’molchilarga sotadi. Odatda, tadbirkorlikning 
bunday turi bilan salohiyatli, biznesda yaxshigina mavqega ega bo‘lgan, 
uzoqni o‘ylab ish yuritadigan tadbirkorlar shug‘ullanishadi.
Tadbirkorlikning tijorat turi bilan shug‘ullanuvchilar tovarlarni sotib 
olishadi, so‘ng esa boshqalarga sotishadi. Albatta, bu holda tovarning 
sotilish narxi, uning xarid narxidan yuqori bo‘ladi. Narxlar o‘rtasidagi 
farq tadbirkorlik foydasi sifatida tadbirkor tomonidan o‘zlashtiriladi.
http:eduportal.uz


11
valutalari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olinadi va sotiladi. 
Moliyaviy tadbirkorlikda qarz berilganda foiz (protsent) ko‘rinishida, 
qimmatbaho qog‘ozlar oldi-sotdi jarayonida esa ularning xarid va sotish 
narxlari orasidagi farq ko‘rinishidagi foyda o‘zlashtiriladi.
Tadbirkorlikning sug‘urta turi hozirda keng tarqalgan. Bunday faoliyat 
bilan yuqori mavqega ega bo‘lgan tadbirkorlar shug‘ullanishadi. Chunki u 
katta boshlang‘ich mablag‘ni talab qiladi. Tadbirkor turli xil kutilmagan 
holatlarda ko‘riladigan zararni qoplashga ma’lum haq evaziga kafolat 
beradigan shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirda qarz sug‘urtasi, mulk 
sug‘urtasi, hayot sug‘urtasi, tibbiyot sug‘urtasi kabi sug‘urta shakllari bor. 
Bunday sug‘urta turlarida muttasil to‘lab boriladigan sug‘urta badallari 
evaziga, biror falokat yuz berganda yetkazilgan zarar yoki yo‘qotishning 
o‘rni qoplanadi.
1. Tadbirkorlik deganda nimani tushunasiz?
2. Tadbirkorlik layoqati bor insonni tavsiflab bering.
3. Tadbirkorlar soni ko‘payib borayotganining sababi nimada deb 
o‘ylaysiz?
4. Tadbirkorlik hamma vaqt ham foyda olib keladimi?
5. Tadbirkorlik faoliyati turlarini sanab bering.
6. Tijorat va moliyaviy tadbirkorlikning qanday o‘xshash va farqli 
tomonlari bor?
7. Sug‘urta nima va uning hayotimizdagi o‘rni qanday?
8. Tadbirkorlik faoliyatining qaysi turini jamiyatimiz uchun muhim deb 
hisoblaysiz?
9. Tadbirkorlik faoliyatidan davlat, tadbirkorning o‘zi va iste’molchilar 
qanday manfaat ko‘rishini sanab o‘ting.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə