Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
84019 (2)

Qadriyatlar
Tadbirkorlik 
biznes-g‘oya
dan boshlanadi. Biznes g‘oyaning qanchalik 
to‘g‘ri tanlangani — biznes muvaffaqiyatining eng asosiy va boshlang‘ich 
omillaridan biri hisoblanadi. Lekin biznes-g‘oyaning o‘zi muvaffaqiyatli 
biznes uchun yetarli emas. Uning uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan 
reja tuzish kerak bo‘ladi. 
Biznes-reja
— biznes-g‘oyani amalga oshirish 
maqsadida bajarish zarur bo‘lgan, o‘zaro muvofiqlashtirilgan xatti-
harakatlar dasturidan iborat hujjat. Aytaylik, xayolingizga juda zo‘r 
biznes-g‘oya kelib qoldi. Uni amalga oshirish uchun sizga mablag‘ 
kerak. Mablag‘ni bankdan yoki tanishlaringizni sherik qilib topishingiz 
mumkin. Ular mablag‘larini “quruq” so‘zga berishmaydi. Siz o‘z 
g‘oyangizni qog‘ozga tushirib, hisob-kitob qilib, haqiqatan foydali 
ekanligini isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, biznes 
reja tuzishingiz, uning muvaffaqiyatli bo‘lishiga, avvalo, o‘zingiz ishonch 
hosil qilishingiz va sheriklaringizni ham ishontirishingiz lozim. Biznes-
reja, birinchi navbatda, tadbirkorning o‘zi uchun muhim. 
Odatda, biznes reja:
– korxonaning qisqacha tavsifi;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatning tavsifi;
– ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari;
– ishlab chiqarish xarajatlari, tushum, rejalashtirilgan foyda va uning 
taqsimoti;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmat bozorining tahlili;
http:eduportal.uz


10
Biznes reja
– biznes-g‘oyani amalga oshirish maqsadida qilinishi 
zarur bo‘lgan, o‘zaro muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar dasturi.
I
I
IS
IS
I
I
I
I
I
I
IS
IS
IS
IS
IS
IS
T
1.1- chizma
1.2- chizma
– yakuniy xulosalar kabi ma’lumotlardan tashkil topadi.
Tadbirkorlikning tijorat turi iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Tijorat-
chilar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni 
o s o n l a s h t i r a d i , o l d i - s o t d i m u n o s a b a t l a r i n i t e z l a s h t i r a d i . I s h l a b 
chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi, 1.1- chizmada tijoratchisiz, 
1.2- chizmada esa tijoratchi yordamidagi bog‘lanishlar sxemasi buni 
yaqqol ko‘rsatib turibdi. Chizmalarda ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar 
soni to‘rttagina bo‘lgan hol tasvirlangan. Endi ularning soni o‘nta, yuzta 
yoki undan ham ko‘p bo‘lgan hollarni tasavvur qilib ko‘ring-chi!
Moliyaviy tadbirkorlik tijoratga o‘xshab ketadi. Faqat moliyaviy 
tadbirkorlikda tovar oldi-sotdisi o‘rniga pul va qimmatli qog‘ozlar 
oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari qarzga beriladi. Chet el 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə