Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
84019 (2)

7
I bob. Tadbirkorlik va 
ishlab chiqarish
1
3
5
8
9
10
6
7
4
2
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar 
jadal davom ettiriladi.
Shavkat Mirziyoyev
http:eduportal.uz


8
Tadbirkorlik
deganda kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik 
asosida o‘z mablag‘lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlik, 
boshqacha qilib aytganda, ishbilarmonlik yoki biznes deb ham yuritiladi. 
Bunday faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladigan insonlarni 
tadbirkorlik layoqati bor kishilar 
yoki 
tadbirkor

ishbilarmon
yoki 
biznesmenlar
deb atashadi. 
TADBIRKORLIK
1- MAVZU
1. Rasmlardagi odamlar tadbirkorlikning qanday turlari bilan shug‘ulla-
nadilar? Bu odamlarning qanday umumiy va o‘ziga xos fazilatlari bor 
deb o‘ylaysiz?
2. Siz tadbirkor kishilardan kimlarni bilasiz? Ular qanday faoliyat bilan 
shug‘ullanadilar? Ular qanday kishilar?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Tadbirkorlik
 —
kishilarning foyda olish maqsadida, tavakkalchilik 
asosida, o‘z mablag‘i, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, 
tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati.
Tadbirkorlar
– foyda olish maqsadida tovar va xizmatlar yaratish 
uchun tavakkalchilikni zimmasiga oladigan kishilar.
Tadbirkorlik layoqati bor kishi:
– boshlang‘ich mulk va mablag‘ topib, uni ishga sola olishi;
– erkin iqtisodiy faoliyat yurita olishi; 
– foyda olishga intilishi va tavakkal qila olishi;
mehnatsevar, g‘ayratli va tashabbuskor bo‘lishi;
– mas’uliyatdan qochmasligi;
– qonunlarga rioya qilgan holda ish yuritishi;
– halol raqobat tarafdori bo‘lishi lozim.
Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri xususiy 
mulkchilikka asoslangan erkin raqobat muhiti yaratilishidir.
1
2
3
http:eduportal.uz


9
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan faoliyatdir. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida odamlarning tadbirkorlik layoqati – tabiiy, kapital 
va mehnat omillari bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga 
aylanadi. Chunki ishlab chiqarishning xuddi shu omili qolgan uch 
omilni birlashtirish imkonini beradi. Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak
chunki bu faoliyat natijasida yangi, qo‘shimcha ish joylari yaratiladi. 
Tadbirkorlik nafaqat iste’molchilar uchun, balki davlat uchun ham zarur 
va foydali faoliyatdir. Davlat tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishi 
bilan aholini ishga joylash, keng iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan 
ta’minlash vazifasini, ma’lum ma’noda, o‘zidan soqit qiladi. Shu bilan 
birga, tadbirkorlardan olinadigan soliqlar hisobiga davlat xazinasi boyiydi. 
Shu bois, davlat tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Sohibqiron Amir Temurning “Ishbilarmon, mardlik va shijoat 
sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab 
tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir” degan o‘gitini sharhlang.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə