Iqtisodiy bilim asoslari


Topshiriq http:eduportal.uz 25



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
84019 (2)

Topshiriq
http:eduportal.uz


25
5- MAVZU
FIRMA MABLAG‘LARI VA
XARAJATLARI
1. Yuqoridagi rasmda firma mablag‘larining aylanishi tasvirlangan. Uni 
diqqat bilan ko‘zdan kechiring va sharhlang.
2. Firmaning mablag‘lari aylanish bosqichlarining har birida qanday 
ko‘rinishda bo‘lishini tahlil qiling va o‘z fikringizni bildiring.
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
DO‘KON
MABLAG‘LAR
BOZOR
ISHLAB 
CHIQARISH
TOVAR
Ma’lumki, har qanday firma uchun iqtisodiy faoliyatni amalga 
oshirishda mablag‘ kerak bo‘ladi. Odatda, firmaning mablag‘i firma 
egalarining pul mablag‘laridan tarkib topadi.
Firma mablag‘lari ishlatilishiga, nimalar sotib olinishiga qarab ikki 
turga bo‘linadi. Bino va inshootlar, asbob va uskunalar sotib olishga 
sarflangan mablag‘lar 
asosiy mablag‘lar
(asosiy kapital) deb yuritiladi. 
Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishlatiladigan 
asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga mo‘ljallangan mablag‘. 
Masalan, fermerning traktor, kombayn sotib olish uchun yoki dala 
shiyponi qurish uchun ajratgan mablag‘lari asosiy mablag‘larga misol 
bo‘la oladi.
Xom ashyo, yoqilg‘i, energiya, har xil materiallar sotib olishga va 
ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar 
aylanma mablag‘lar
(aylanma kapital) deb yuritiladi. Aylanma mablag‘ ishlab chiqarishda
ishlatiladigan resurslar sotib olish uchun mo‘ljallangan mablag‘lardan 
iborat bo‘ladi. Firma aylanma mablag‘iga resurslar bozoridan xom 
ashyo, turli xil materiallar sotib oladi va ishchi kuchini yollaydi. Bu 
bilan firmaning aylanma mablag‘i pul ko‘rinishidagi shakldan moddiy 
http:eduportal.uz


26
ko‘rinishdagi shaklga o‘tadi. Bu resurslardan firmada tovarlar ishlab 
chiqariladi. Ular sotilgach, yana pul shaklidagi mablag‘ga aylanib, firmaga 
qaytib keladi.
Shu tariqa firmaning aylanma mablag‘lari iqtisodiy faoliyat natijasida 
aylanib turadi. Shu xususiyati bois, bu mablag‘lar 
aylanma mablag‘lar
deb 
ataladi. Firmaning aylanma mablag‘lariga misol qilib fermerning urug‘, 
mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i va moylovchi mahsulotlarni keltirish mumkin.
Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy 
ishlab chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish 
muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish 
muddati 20 yil, asbob-uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi. Bu 
muddat davomida ular eskirib, har yili boshlang‘ich narxining ma’lum 
bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib, arzonlashib boradi. Mana 
shu arzonlashish qiymati 
amortizatsiya qiymati
deb ataladi. Mana shu
arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach, firmaga pul kirimi tarkibida 
qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – 
amortizatsiya jamg‘armasiga 
yo‘naltiriladi. Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘ar-
masiga yo‘naltirilgan pul 
amortizatsiya ajratmasi 
deb ataladi. Odatda, 
yillik amortizatsiya ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni 
ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi. 
Asosiy mablag‘
— ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta 
ishlatiladigan asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olishga 
mo‘ljallangan mablag‘.

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə