Iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 6,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/120
tarix20.05.2023
ölçüsü6,81 Mb.
#111706
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
84019 (2)

Aksiyadorlik jamiyati
— nizom jamg‘armasi aksiyalarini sotish 
yo‘li bilan shakllanadigan, mas’uliyati cheklangan yirik firma.
Aksiya
— firma nizom jamg‘armasiga hissa qo‘shilganini tasdiq-
lovchi va egasiga firma foydasidan ma’lum daromad olish huquqini 
beruvchi hujjat — qimmatbaho qog‘oz.
Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
 
— aksiyalari istalgan shaxsga 
sotiladigan jamiyat.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
 
aksiyalari faqat oldindan 
belgilab qo‘yilgan shaxslar guruhiga sotiladigan jamiyat.
2 – E. Sariqov, B. Xaydarov
ta’sischilari yoki xodimlariga) sotilsa, u 
yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati
deb ataladi.
Birinchi aksiyadorlik jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil 
qilingan “Ost-Ind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan Yevropa 
o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini olib borgan.
Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlik jamiyatini 
boshqarishda ovoz berish yo‘li bilan qatnashishi mumkin. U qancha 
aksiya sotib olgan bo‘lsa, aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisida shuncha 
ovozga ega bo‘lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda, jamiyat rahbarlarini 
saylashda o‘z ovozi bilan ta’sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda 
aksiya qancha ko‘p bo‘lsa, u korxonani boshqarish masalalariga shuncha 
ko‘proq ta’sir o‘tkaza oladi. Agar aksiyador aksiyalarning yarmidan 
ko‘pini, ya’ni aksiyalar 
nazorat paketi
ni qo‘lga kiritsa, u korxonaning 
yakka xo‘jayiniga aylanadi. Chunki, aksiyadorlar umumiy majlisida har 
qanday qarorning qabul qilinishida uning fikri — ovozi hal qiluvchi 
bo‘lib qoladi.
Aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, uning ustiga bahosi — 
nominal 
qiymati
 
yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Aksiyani aksiyador boshqa kishiga 
http:eduportal.uz


18
1. Aksiyadorlik jamiyatini tavsiflab bering.
2. Ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining bir-biridan farqi 
nimada?
3. Oddiy va imtiyozli aksiyalarning qanday afzallik va kamchilik 
tomonlari bor?
4. Aksiyadorlik jamiyatining mas’uliyati cheklangan sherikchilik firmasi-
dan qanday afzalliklari va kamchiliklari bor?
5. Hududingizdagi qanday aksiyadorlik jamiyatlarini bilasiz?
6. Aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini davlat yoki chet el firmalari 
sotib olishi mumkinmi? 
7. Aksiyador jamiyatni boshqarishga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
8. Aksiyadorlik jamiyatining katta foyda ko‘rishidan kim ko‘proq 
manfaatdor: oddiy aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi?
9. Aksiyadorlik jamiyatining sinishidan kim ko‘proq zarar ko‘radi: oddiy 
aksiya egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi? 

Yüklə 6,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə