Iqtisodiy xavfsizlik



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə3/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#112418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IX-51 2 Musayev Umurzoq

Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish.

Men 2023 yil 13 mart kunidan boshlab, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining tashkiliy tuzilmasi bilan tanishdim.


Amaliyot davrimda,Elektr taminot” korxonasining taluqli vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qarorida o`z aksini topgan bo`lib:
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklatilgan.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyati va hisobotini tashkil etish tartibini, shuningdek, funksional vazifalarini va uning rahbarlari javobgarligini belgilaydi.
Energetika sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash, barcha toifadagi iste’molchilarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlikda (IRENA) O‘zbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Vazirlik o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, o‘z faoliyatini bajarish uchun zarur bo‘lgan, Vazirlikning nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega bo‘ladi.
Vazirlikning rasmiy nomi: davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi; qisqachasi — Energetika vazirligi;
Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
-markaziy apparat;
-Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
-Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi;
-Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
-Mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirish notijorat tashkiloti;
Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini ta’minlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilg‘i-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;
Respublikada energetika sohasini yagona normativ-huquqiy va texnikaviy tartibga solish;

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə