Iqtisodiy xavfsizlik


-rasm. Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanidagi zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog`ining faoliyati



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə8/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#112418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IX-51 2 Musayev Umurzoq

2-rasm. Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanidagi zamonaviy sharoitlarda elektr energetika tarmog`ining faoliyati

Elektr energetika tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:


1. Jahon bankining respublika elektr energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining elektr energiyani ishlab chiqarish, yetkazish, taqsimlash va sotishni tashkil etishning zamonaviy uslublariga muvofiq, quyidagilar orqali “O‘zbekenergo” AJni qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
a) issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;
b) “O‘zbekenergo” AJning tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida quyidagilarni amalga oshiruvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish:
respublikaning magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
elektr energiyani respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish;
Elektr energiyani eksport va import qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish;
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek, magistral va hududiy elektr tarmoqlarini yagona operativ-dispetcherlik boshqarish;
Elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish, shuningdek, elektr energiyani hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish;
v) elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;
g) “O‘zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi ayrim xo‘jalik jamiyatlari hamda korxonalarini 1-ilovaga muvofiq qayta tashkil etish va tugatish;
d) “O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va ulushlarini 2-ilovaga muvofiq ularni keyinchalik 2019 — 2021-yillar davomida belgilangan tartibda sotish maqsadida balans qiymati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish.
yangi tashkil etilayotgan “Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlarining dastlabki ustav kapitallarini shakllantirish 3 — 5 ilovalarda ko‘rsatilgan xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat va “O‘zbekenergo” AJ aktivlari va ulushlarini berish hisobiga amalga oshiriladi;
“O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 2-ilovada ko‘rsatilgan aktivlari va ulushlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish balans qiymati bo‘yicha davlat va “O‘zbekenergo” AJ ulushini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi;
Aktivlar, aksiyalar paketlari va ulushlar yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlariga ularning ustav kapitalida davlat ulushini shakllantirish (oshirish) hisobiga beriladi;
“Issiqlik elektr stansiyalari”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalari paketlari bo‘yicha aksiyador huquqi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi PQ-3981-son qarori bilan tashkil etilgan Elektr energetikasi tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha komissiya ishchi organi sifatida boshqaruv xodimlarining cheklangan shtat birliklari 20 nafardan iborat bo‘lgan, budjetdan tashqari Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qoshida Loyiha ofisi (keyingi o‘rinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin.


Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə