Iqtisodiy xavfsizlik


Yoqilg‘i-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə4/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#112418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IX-51 2 Musayev Umurzoq

Yoqilg‘i-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liq qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va iste’mol qilish, shuningdek, energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini rag‘batlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsion jozibadorlikni oshirish;
Yoqilg‘i-energetika sohasida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga quyish;
Energetika sohasida zamonaviy korporativ boshqaruvni, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmog‘i tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini joriy etishga ko‘maklashish:
neft-gaz va elektr energetika sohasi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirish, energiya samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish;
Energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirish;
Vazirlikning faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirish;energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini hamda strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
Davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan, undan samarali foydalanadigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish;atom elektr stansiyalarini qurish bilan birga atomdan tinchlik yo‘lida foydalanishni rivojlantirish, energetika va respublika iste’molchilarining energiya ta’minoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, ko‘mir, elektr energiyasi va boshqalar).iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilg‘or texnologiyalar faol joriy etilishini rag‘batlantirish;energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish orqali investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
xalqaro tajribani hisobga olib va zarur bo‘lganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, energetika auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish;energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari majburiy energetik tekshiruvdan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish.















Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə