Iqtisodiy xavfsizlik


-rasm. Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining tashkiliy tuzilmasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə5/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#112418
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IX-51 2 Musayev Umurzoq

1-rasm. Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining tashkiliy tuzilmasi


2.Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining faoliyatiga oid asosiy huquqiy-me`yoriy hujjatlar va uning bo`limlarida hujjatlar (qog`oz va elektron shaklda)ni o`rganish


Men amaliyot davrimda, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining faoliyatiga oid asosiy huquqiy-me`yoriy hujjatlar bilan tanishdim. Ushbu korxonaning Nizomi 2019 yil 9 aprel tasdiqlangan bo`lib, ushbu nizomda vazifalar,chora-tadbirlar ta`kidlab o`tilgan.
- yoqilg‘i-energetika sohasida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga quyish;energetika sohasida zamonaviy korporativ boshqaruvni, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmog‘i tashkilotlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini joriy etishga ko‘maklashish:
Neft-gaz va elektr energetika sohasi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirish, energiya samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish;
energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillashtirish;
Vazirlikning faoliyati va asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirish;
energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini hamda strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan, undan samarali foydalanadigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish;
Atom elektr stansiyalarini qurish bilan birga atomdan tinchlik yo‘lida foydalanishni rivojlantirish, energetika va respublika iste’molchilarining energiya ta’minoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, ko‘mir, elektr energiyasi va boshqalar).
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilg‘or texnologiyalar faol joriy etilishini rag‘batlantirish;
Energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va o‘tkazish orqali investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
Xalqaro tajribani hisobga olib va zarur bo‘lganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, energetika auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilari majburiy energetik tekshiruvdan o‘tkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan o‘n oltinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son) Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) O‘zbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini ta’minlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilg‘i-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
yoqilg‘i-energetika kompleksini, energiya va gaz ta’minotini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va energetik va ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda energetika maqsadlariga mo‘ljallangan obyektlarni joylashtirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
energetika siyosatining asosiy yo‘nalishlari va ularning amalga oshirilishini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi energetika xavfsizligi darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;
Yuksak texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy qilib ko‘mir sanoati rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
b) elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
Neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, sotish va ishlatish, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash yuzasidan davlat nazorati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish yuzasidan nazorat sohasida inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash qurilmalarini montaj qilish (o‘rnatish) va ulardan foydalanishda, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish va iste’mol qilishda, ko‘mirni qazib chiqarishda texnologik talablarga rioya etilishini ta’minlaydi;
Vazirlikka idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarning obyektlarida texnologik va ekologik xavfsizlikni, mehnat muhofazasini, favqulodda holatlarning oldini olish va tugatishni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
energetika sohasidagi mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi kelishuvlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi;
v) respublikada energetika sohasining yagona normativ-huquqiy va texnikaviy tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini, belgilangan faoliyat sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab etiladigan boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik faoliyatining ish rejasi va prognoz ko‘rsatkichlarining loyihasini ishlab chiqadi;
Yoqilg‘i-energetika kompleksidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari tayyorlanishini amalga oshiradi, ushbu hujjatlarni qo‘llanish amaliyotini tahlil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilarini energiya va gaz bilan ta’minlash sohasida texnikaviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli standartlar, norma va qoidalarning loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ularning ishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;respublikaga yoqilg‘i-energetika resurslarini yetkazib berish masalalarini tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
o‘z vakolati doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar beradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda energetika sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar beradi;berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyalarni bekor qilish va chaqirib olish bo‘yicha belgilangan tartibda choralar ko‘radi;litsenziatlar tarafidan litsenziyaviy talablar va shartlarga rioya etilishi to‘g‘risida to‘ldirib boriladigan markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasini yaratadi;
Energiya resurslari (elektr energiyasi, tabiiy gaz va b.)ni yetkazib berishga namunaviy shartnomalarni kelishadi;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarini kelishadi;
(11-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
g) yoqilg‘i-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liq qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va iste’mol qilish, shuningdek, energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlari sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining yoqilg‘i-energetika balansini, jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va ko‘mir, polietilen, polipropilen, oltingugurt va yuqori likvidli mahsulotning boshqa turlari balanslarini ishlab chiqadi;
Yoqilg‘i-energetika resurslari (suyuq uglevodorodlar, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz, polietilen, polipropilen, elektr energiyasi)ning har yilgi va o‘rta muddatli balanslarini ularning ijrosini davriy va sifatli tahlil qilgan holda ishlab chiqadi;
yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishning respublikadagi maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, kelishadi va bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;o‘z vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
d) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini rag‘batlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida:
Yoqilg‘i-energetika sohasida har yillik maqsadli dasturlar va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi jadvallarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi;neft, gaz, elektr energetikasi, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ko‘mir sanoatida xorijiy kapital ishtirokida investitsion loyihalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
e) yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga quyish sohasida:
O‘z vakolati doirasida tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtiradi, Vazirlikning faoliyat sohasiga tegishli xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, qonunchilikka muvofiq xalqaro energetika tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
Yoqilg‘i-energetika kompleksiga jalb qilingan, jumladan, xorijiy investitsiyalarning hajmini o‘rganadi va tahlil qiladi;
iste’molchilarni tabiiy gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va ko‘mir bilan ta’minlash masalalarida O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy sheriklari hisoblangan xorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
j) energetika sohasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilg‘or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmog‘i tashkilotlari moliya-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini joriy qilish sohasida:
idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi, ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
Tarmoqlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirishni, tarmoqlarning daromad bazasini har tomonlama kengaytirishni, ularning muvozanatlashuvini ta’minlashni, xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda investitsion manbalarning qo‘shimcha mablag‘larini jalb qilish va jalb qilingan mablag‘lardan eng to‘liq va samarali foydalanish, idoraviy bo‘ysunuvchi iqtisodiyot tarmoqlarini monetizatsiyalash va diversifikatsiyalashni amalga oshiradi;o‘z vakolati doirasida yoqilg‘i va energiya narxlari bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning davlat tartibga solishi va boshqaruvi sohasidagi iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotining xususiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Vazirlik va unga idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarning mulkchiligida bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, uni ishlatish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan va Vazirlik boshqaruviga berilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari (ustav fondlaridagi ulushlari)ni boshqaradi hamda ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida davlat vakillarini tayinlaydi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
z) neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishini rag‘batlantirish, energetika samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish sohasida:
Energiya resurslarini tejash va energetika samaradorligi sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, iste’molchilarning yoqilg‘i va energiya ta’minoti samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan investitsion dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Tashkilotlarning samarali ishlashiga, iste’molchilarning yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli ta’minlanishiga qaratilgan ilmiy-texnikaviy siyosat yuritilishini ta’minlaydi;qonunchilikka muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tashkilotlardagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlashning biznes-rejalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishni tashkillashtiradi;
i) tiklanadigan, shu jumladan, noan’anaviy energiya manbalarini rivojlantirish va joriy qilish sohasida:tiklanadigan, shu jumladan, noan’anaviy energiya manbalarini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasida tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqadi;
respublikada tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha strategik vazifalarni belgilaydi;
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga doir ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganadi;
tiklanadigan energiya manbalari obyektlarini qurish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi.
Vazirlikning markaziy apparatini va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat kadrlar siyosatini qonunchilikka muvofiq olib boradi;
idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarning xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish va unga haq to‘lashni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi2O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotining xususiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Vazirlik va unga idoraviy bo‘ysunuvchi tashkilotlarning mulkchiligida bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, uni ishlatish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasiga tegishli bo‘lgan va Vazirlik boshqaruviga berilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari (ustav fondlaridagi ulushlari)ni boshqaradi hamda ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida davlat vakillarini tayinlaydi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
3. Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, “Elektr taminot” korxonasining SWOT-tahlilini tayyorlash va iqtisodiy rivojlanish ko`rsatkichlari va ularni baholash va prognoz ko`rsatkichlarini o`rganish va tahlil qilish



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə