Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Jahon xo’jaligida yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə59/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

21-Mavzu: Jahon xo’jaligida yangi industrial mamlakatlar iqtisodiyoti
Reja:
21.1. YAngi industrial mamlakatlarning umumiy tavsifi va guruhlanishi
21.2. Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari
21.3. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Tayanch iboralar
yangi industrial rivojlanish modeli, yangi industrial mamlakatlar, Osiyoning “kichik ajdarholari”, "kreol neoliberalizmi", "CHikago maktabi", "ultra liberallashtirish".
21.1. YAngi industrial mamlakatlarning umumiy tavsifi va guruhlanishi


XX asrning 60-80-yillarida rivojlanayotgan mamlakatlar tarkibidan yangi industrial mamlakatlar guruhi ajralib chiqdi. YAngi industrial mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha rivojla­nayotgan mamlakatlardan ajralib turadi va "yangi industrial rivojlanish modeli"ning paydo bo’lishi to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Mazkur guruh, mamlakatlarining rivojlanish xususiyatlarini Janubi-SHarqiy Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari misolida ko’rib o’tish mumkin.
YAngi industrial mamlakatlar - sanoatlashtirish, ilmiy ishlab chiqarishning alohida turlarini yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan, halqaro mehnat taqsimoti va halqaro savdoda faol qatnashuvchi, sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasi eksportga yo’naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhidir. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkich­lari bo’yicha yangi industrial mamlakatlarning ayrimlari dunyoning yetakchi rivojlangan mamlakatlari darajasiga yaqinlashib qoldilar.
YAngi industrial mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha boshqa rivojlanayotgan mamlakatlardan tubdan farq qiladi. Jumladan, Tayvan YAIM 1952-1993 yillarda 170 martaga, tashqi savdo aylanmasi esa 534,6 martaga ortgan. Mamlakatda iqtisodiy o’sishning o’rtacha yillik sur’atlari 8,7% ni tashkil etgan.
Hisob-kitoblarga ko’ra 30 yil mobaynida (1966-1990) Osiyo hududi iqtisodiyotining o’sish sur’atlari yiliga 5% ni tashkil etgani holda, Yevropa mamlakatlarida bu ko’rsatkich 2% ga teng bo’lgan. Tayvandan tashqari 1990 yillarda yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari Janubiy Koreyada - 8%, Singapurda - 8% atrofida, Malayziyada - 9% ga teng bo’ldi. YAngi industrial mamlakatlarning yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari aholi turmush darajasining oshishi bilan hamohang kuzatiladi. Xususan, 1960 yillarning o’rtalari 1990 yillarning boshlarida bu mamlakatlarda aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad to’rt baravar oshgan. Halqaro mutaxassislar prognozlari bo’yicha SHarqiy Osiyo mamlakatlarining yalpi ichki maxsuloti hajmi 2016 yilga borib G’arbiy Yevropa mamlakatlaridan, 2020 yilga borib esa SHimoliy Amerika mamlakatlaridan oshib ketishi mumkin.
YAngi industrial mamlakatlar faqat ularga xos xususiyatlarga ega. YAngi industrial mamlakatlarni rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o’rtasidagi mamlakatlar guruhiga kiritish mumkin. Bu holat jahon xo’jaligi tizimining yaxlitligini ta’minlash imkonini beradi.
.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə