Iqtisodiyot va menejment


Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə60/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

21.2. Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari


Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish muvaffaqiyatlari quyidagi omillar va shart-sharoitlar bilan belgilanadi:
ushbu mamlakatlarda sanoatlashish iqtisodiy muvaffaqiyatlarning yaqqol namunasi sifatida namoyon bo’lishi;
Osiyo iqtisodiy rivojlanish modelining "namoyish samarasi" rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida rag’batlantiruvchi omilga aylanishi;
mintaqa mamlakatlarining tarixi, madaniyati, iqtisodiy rivoj­lanish xususiyatlarining o’xshashligi.
Ushbu mamlakatlar o’z iqtisodiy resurslari bilan ta’minlanish jihatdan YAponiyaga yaqin turishadi va o’xshash iqtisodiy salohiyatdan foydalangan holda uzoq vaqt mintaqada yetakchi mamlakat ortidan rivojlanishdi. Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyotni modernizatsiyalash tajribasi "quvib yetadigan" iqtisodiy rivojlanishning klassik namu­nasi xisoblanadi.
Tahlillar Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlarining makroiqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari, xususan, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YAIM miqdori o’rtasidagi farqqa ko’ra, ikki guruhga ajratish imkonini beradi:
a) Gonkong, Singapur va Tayvan. Bu mamlakatlarda sanoatlashtirish jarayonlari XX asrning 40-yillarida boshlangan va ular aholining turmush darajasi bo’yicha rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirdilar. SHuni alohida qayd etish lozimki, ushbu mamlakatlarning barchasi aholi soni unchalik ko’p bo’lmagan orol mamlakatlar xisoblanadi. Bundan tashqari, Gonkong va Tayvan uzoq muddat mobaynida kommunistik Xitoyga qarshi qo’yilgan va xorijdan katta miqdorda iqtisodiy yordam olib turgan;
b) Janubiy Koreya, Tailand, Malayziya, Indoneziya, Filippin, Vetnam va Laos. Bu mamlakatlarni Osiyo «yulbarslari» deb atashadi va ularda sanoatlashtirish jarayonlari turli davrlarda boshlangan.
Janubi-SHarqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanishining tahlili ularga xos bo’lgan quyidagi xususiyatlarni ajratish imkonini beradi:
YAponiyadan farqli ravishda bu mamlakatlar Ikkinchi jahon urushiga qadar dunyoda yetakchi emas edi va sanoatlashtirish tajribasiga ega bo’lmagan. Ular sanoatlashtirish siyosatini deyarli yo’q joydan boshlashgan;
ularning aksariyatida iqtisodiyotda davlat sektori yetakchilik qilgan;
bu mamlakatlar uchinchi dunyo mamlakatlaridan rivojlangan mamlakatlar qatoriga kirishni maqsad qilib qo’yishgan;
biron-bir hududda sanoatlashtirish jarayonlari Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari kabi katta miqdordagi xorijiy investitsiyalar bilan qo’llab-quvvatlanmagan;
bu mamlakatlarning barchasi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan katta zarar ko’rishdi. Misol uchun XVF ma’lumotlariga ko’ra Singapurda YAIMning o’sish sur’ati 2013 yilda 8,8% ni tashkil etgani holda, 2014 yilda - 1,5%, 2016 yilda 0,8% ga qisqardi, 2017 yilda esa 14,5% ni tashkil etdi. Mamlakatda ishsizlik darajasi esa 2017 yilda 2,2% ga teng bo’ldi, Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlari Ikkinchi jahon urushidan keyin qoloq, sholi va ayrim foydali qazilmalardan boshqa deyarli hech narsa ishlab chiqarmaydigan mustamlaka agrar mamlakatlar edi. Hozirga kelib bu mamlakatlar AQSH, YAponiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlarini kiyim-kechak, poyabzal, elektron maishiy xizmat tovarlari va oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta’minlayotgan, jadal sur’atlarda rivojlanayotgan mamlakatlarga aylanishdi. Bu mamlakatlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar jahon andozalariga javob berishi, yuqori texnologiyalarni mujassamlashtirganligi, ishlab chiqarish va tovarlarning ekologik talablarga javob berish darajasi ortib borayotganligi bilan ajralib turishadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə