Iqtisodiyot va menejment


Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Hududiy



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə68/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

25.3. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti. Hududiy
iqtisodiy tashkilotlar


BMT doirasiga kirmaydigan iqtisodiy tashkilotga 1961 yilda tashkil topgan, shtab-kvartirasi Parijda joylashgan Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish tashkilotini (IHRT) kiritish mumkin. IHRT ikkinchi jahon urushidan keyin AQSHning moliyaviy yordamidan samarali foydalanish va ko’hna qit’adagi tiklanish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vorisi hisoblanadi.
«Boylar klubi», jahon iqtisodiyotining «aql markazi» deb ataluvchi IHRT hozirgi kunda jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 29 ta mamlakatini o’z tarkibiga birlashtirgan. CHunonchi, bu tashkilotga a’zo- mamlakatlar hissasiga jahon tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning 2/3 qismi to’g’ri keladi.
IHRTning oliy kengashi bo’lib, uning tarkibiga har bir a’zo mamlakatdan bittadan vakil kiradi. Kengash a’zolar oyda bir marta Bosh kotib raisligida uchrashishadi. Bundan tashqari Kengash vazirliklar (tashqi ishlar vazirligi, moliya vaziligi, iqtisodiyot vazirligi kabilar) miqyosda yillik majlislarni ham o’tkazib turadi. Doimiy asosda ish yurituvchi Ijroiya qo’mitaning asosiy vazifasi IHRT faoliyatini nazorat qilish va Kengash majlislarini tayyorlashdan iborat. 200 dan ortiq qo’mitalar, ishchi guruhlari va ekspert komissiyalarini ijtimoiy-iqtisodiy harakterda bo’lgan keng doiradagi masalalar bilan ham shug’ullanadi.
IHRT tuzilmasi haqida fikr bildirilganda albatta Yevropa va o’tish davri iqtisodi mamlakatlari o’rtasida hamkorlik markazini eslatib o’tish joizdir. Bu markaz 1990 yilda tashkil etilgan bo’lib, IHRT va SHarqiy Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turadi. IHRT faoliyatidagi eng muhim jihat - bu tashkilotga a’zo- mamlakatlar hukumatlari o’rtasida iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy muammolari bo’yicha fikr almashishni yo’lga qo’yishdir. Kapital va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlash, poraxo’rlikka qarshi kurash kabilar to’g’risidagi qonunlar bu say-harakatlarning samarasidir.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə