Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə71/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Iqtisodiyot va menejment

Nazorat uchun savollar:
1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar qanday tasniflanadi?
2. BMT va BMT tizimidagi tashkilotlarning jahon xo’jaligidagi roli qanday?
3. Xalqaro hududiy tashkilotlar va ularning funktsional vazifalari nimalardan iborat?
4. USTga a’zo bo’lish bosqichlarini xarakterlab bering.

26-Mavzu: Jahon xo’jaligining globallashuv jarayonlarida O’zbekistonning ishtiroki
Reja:
26.1. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari.
26.2. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi
26.3. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ta’siri


Tayanch iboralar:
Tashqi savdo, ikki tomonlama va ko’p tomonlama iqtisodiy munosabatlar, USTga a’zo bo’lish, xalqaro moliya-kredit tashkilotlari bilan iqtisodiy munosabatlar, BMT, YUNESKO, FAO, YUNKTAD, XVF, JB, yeTTB, OTB, ITB, darajadagi global va mintaqaviy (MDH, SHanxay guruhi) integratsion jarayonlar.


26.1. O’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlari.
Bugungi kunda mamlakatimiz ulkan territoriyaga, ko’p millionli aholisiga, turli-tuman resurslarga ega bo’lsada, u boshqa mamlakatlar bilan doimiy va belgilangan iqtisodiy aloqalarga ega bo’lmasdan turib, yakka holda rivojlanishning yuqori cho’qqilariga erisha olmaydi.
O’zbekistonning jahon xo’jalik aloqalariga qo’shilish jarayoni ob’ektiv tuzilmaviy shart-sharoitlar yetilgan va tashqi iqtisodiy aloqalarning xo’jalik mexanizmi isloh qilina borgan sari bosqichma-bosqich rivojlanmoqda.
Milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligiga munosib tarzda kirib borishiga yo’naltirilgan strategiya respublikaning iqtisodiy salohiyatiga asoslanishi real vaziyatidan kelib chiqqan holda tug’iladi va u davlatimizni siyosiy-iqtisodiy qaratilgan. rivojlantirishning asosiy maqsadlariga erishishga jahon xo’jalik aloqalarining moddiy-ashyoviy asoslarini u yoki bu mintaqaviy guruhlar yoxud ittifoqlarga birlashgan mamlakatlarning integratsiyaviy salohiyati tashkil qiladi.
Mamlakatning integratsion salohiyati deganda, fikrimizcha, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning alohida tomonlari-sub’ektlari amalga oshiradigan xalqaro ishlab chiqarish-iqtisodiy hamkorlik va almashuv predmeti bo’lgan milliy tabiiy, mehnat, ishlab chiqarish, moliya-kredit, savdo resurslari, ilmiy xodimlar va odamlarning aqliy qobiliyati majmuini tushunish zarur. O’zbekistonning integratsion aloqalarini jadallashtirishga xizmat qiladigan omillar va sharoitlar orasidan respublika integratsion salohiyatining quyidagi aniq-ravshan ustunliklarini sanab o’tish mumkin:
- O’zbekistonning EVRO osiyo qit’asidagi qulay geostrategik joylashuvi;
- yer, mineral xom-ashyo va o’simliklarning ancha katta zahirasi, shuningdek, qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay bo’lgan tengi yo’q tuproq-iqlim sharoitlari;
- muhim tashqi savdo va eksport salohiyati;
- tegishli davlatlararo kooperatsiyalashuv va birgalikdagi investitsiyalar mavjud bo’lganda ancha qisqa muddatlar ichida tayyorgarlikning yuqori darajasiga ega raqobatbardosh maxsulot ishlab chiqarishni tashkil qilishga imkon beradigan yirik ishlab chiqarish salohiyati;
- insonlar salohiyati, tez ko’payib borayotgan mehnat resurslari, Shuningdek, nisbatan arzon (jahon miqyosida olib qaraganda) ish kuchining mavjudligi;
- rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi, birinchi navbatda respublikani MDHning boshqa mintaqalari bilan bog’lab turadigan, avtomobil va temir yo’l magistrallari, telekommunikatsiya tizimining mavjudligi;
- respublikada chet el kapitalini investitsiya qilish, o’zaro foydali tashqi iqtisodiy va integratsion hamkorlikning yaxshi kafolati bo’lgan barqaror siyosat.
- yuqorida ko’rsatilgan pozitsiyalar bo’yicha milliy iqtisodiyotning bozor iqgisodiyotiga o’tayotgan sharoitida mamlakat integratsiyaviy salohiyatidan samaraliroq foydalanish uchun bu salohiyatning hozirgi holatiga baho berish kerak.
Birinchi navbatda, bu potentsialning tarkibiy qismlari bo’lgan geostrategik joylashuv, tabiiy xom-ashyo va mehnat resurslari, shuningdek eksport imkoniyatlari kabilarni tavsiflash lozim.
Respublika noyob tabiiy boyliklarga, qudratli iqtisodiy va ilmiy- texnikaviy, aqliy va ma’naviy salohiyatga ega. Tarixning o’zi O’zbekistonning o’rnini G’arbni SHarq bilan, Janubni SHimol bilan bog’laydigan EVRO osiyo yo’llari chorrahasida belgilagan. Bizning Respublikamiz EVRO osiyo iqtisodiy va madaniy ko’prigi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar va madaniy qadriyatlarning harakati va almashuvi uchun sharoit yaratilgan. YAxshi 31 milliondan ortiqroq aholisi bo’lgan O’zbekiston jug’rofiy jihatdan ham, siyosiy jihatdan ham Markaziy Osiyoning o’zagini tashkil etadi. Dunyodagi eng qadimiy tsivilizatsiyalardan biri mana shu mintaqada paydo bo’lgan. Qadim zamonlarda Buyuk Ipak yo’li shu yerdan o’tgan. Xalqimizning tarixi o’z ildizlari bilan asrlarga borib taqaladi va uch ming yildan ko’proq davrni o’z ichiga oladi. Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan dunyoga mashhur bo’lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha, Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog’lagan. Bundan ko’rinib turibdiki, o’tmish ajdodlarimiz azaldan tashqi dunyo xalqlari bilan har taraflama xalqaro aloqalarni rivojlantirib kelgan. O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishi va uning jahon xo’jaligi tizimiga integratsiyalashuvi, o’z navbatida uning salohiyati, dunyoda tutgan mavqei bilan xarakterlanadi.
O’zbekiston tabiiy resurslarga boy o’lka. Mamlakat hududida 2700 dan ortiq foydali qazilma boyliklari koni mavjud, ulardan 900 ga yaqini o’zlashtirilgan.
O’zbekistonning kelajagi qimmatbaho qazilma boyliklari, rangli va noyob metallar, organik yonilg’ilarning barcha turlari - neft, tabiiy gaz va gaz kondensati, ko’mir, uran, qurilish materiallarining ko’plab turlari va boshqa konlarni o’zlashtirish bilan bog’liq.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə