Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Jahon iqtisodiyotini tartibga solishda



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə67/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

25-Mavzu: Jahon iqtisodiyotini tartibga solishda
xalqaro tashkilotlarning roli
Reja:
25.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi
25.2. Jahon xo’jaligidagi global tashkilot Birlashgan Millatlar tashkiloti
25.3. Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti. Hududiy iqtisodiy tashkilotlar.
25.4. Jahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari va uning mamlakatlar iqtisodiyotidagi ahamiyati.
25.5. USTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish uslublari


Tayanch iboralar:
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar, tashkilotlar tasnifi, Birlashgan millatlar tashkiloti, Butunjahon savdo tashkiloti, BMT tizimidagi xalqaro tashkilotlar, Butunjahon savdo tashkiloti, yirik xalqaro bank va moliyaviy tashkilotlar (XVF, JB, yeTTB, OTB, ITB) tashkilotlari
25.1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tasniflanishi


Xalqaro iqtisodiy munosabatlar murakkab iqtisodiy mexanizm sifatida bir tomondan bozorga xos o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga ega bo’lsa (XIMning moddiy asosi hali ham jahon bozori hisoblanadi), ikkinchi tomondan, ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, alohida mamlakatlar va hududlar o’rtasida o’zaro aloqalarni osonlashtiruvchi davlatlararo tuzilmalarni yaratishni talab etadi. Ayni paytda shuni qayd etib o’tish kerakki, birinchi (1914-1918 yillar) va ikkinchi (1939-1945 yillar) jahon urushlari orasida xalqaro tashkilotlarni gurkirab vujudga kelish jarayoni (shu davrd xalqaro mehnat tashkiloti, o’zining «Inkoterms» kabi tijoriy hujjatlari bilan taniqli bo’lgan Xalqaro savdo palatasi, Xalqaro hisob-kitoblar banki tashkil etilgan) va ayniqsa 40-yillarda ikkita to’qnashuvni boshidan kechirgan davlatlar tarixidagi favqulotda holatlar va 1929-1932 yillardagi chuqur iqtisodiy tanazzul bilan bog’liq. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kelishining ikkinchi to’lqini va harakatdagi faoliyatining faollashuvi ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi hamda 60-70 yillardagi iqtisodiy chayqalishlar bilan bog’liqdir. Va nihoyat, 80-yillarning boshlarida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab sifatida totalitar tizimlarning (sobiq SSSRni) inqirozga uchrashi va yangi ming yillik ostonasida insoniyatning global muammolarini keskin kuchayishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Jahonning ko’plab mamlakatlarining hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni mustaqil hal eta olmadilar va natijada ular qayd etib o’tilgan muammolarni hal etishda birgalashib harakat qilish usullarini ishlab chiqara boshladilar.
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy gullab-yashnash va jahon xalqlari farovonligini ta’minlash masalasi bilan shug’ullanuvchi minglab xalqaro tashkilotlar hisobga olingan. Ekspertlarning fikricha jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir o’tkaza oladigan xalqaro tashkilotlar soni 100 ta atrofidadir.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning shakllanishida muhim o’rin tutgan

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə