Iqtisodiyot va menejment


USTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə70/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Iqtisodiyot va menejment

25.5. USTning tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solish
uslublari
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif uslublari mavjud bo’lib, ularni qay me’yorda va qay ko’lamda qo’llanilishi har bir davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy yo’nalishlari bilan belgilanadi. UST talablariga ko’ra barcha tashqi savdo operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga solishni maqsadga muvofiq. UST tashkil etilgunga qadar GATT 1960-yillar oxirlarida notarif uslublarni tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda qo’llanilishi «xalqaro savdoni erkin oqimiga to’sqinlik qiluvchi, tarifdan o’zga barcha choralar»-deb e’tirof etgan. Ularni turkumlash va tegishli guruhlarga ajratish bo’yicha hozirgi kungacha xalqaro miqyosda kelishilgan va tasdiqlangan umumiy bir qoida yo’q. SHu tufayli tashqi savdoni davlat tomonidan notarif uslublar asosida tartibga solishda xalqaro (universal) me’yoriy xujjat mavjud emas. UST, xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha Konferentsiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSH tarif komissiyasi hamda turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga o’zgacha yondashuvlari mavjud. BMTni savdo va rivojlanish konferentsiyasi tashqi savdodagi notarif uslublarni (notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga bo’ladi va u umuman olganda USTning turkumlashiga mos keladi:
a) paratarif uslublar
b) narxlarni nazorat etish choralari
s) moliyaviy choralar
d) miqdoriy nazorat choralari (kvotalash)
e) avtomatik litsenziyalash choralari
f) monopolistik choralar
g ) texnik choralar


Paratarif uslublar o’z mazmuniga ko’ra tegishli davlat hududida xorijiy tovarlarni kiritish chog’idan bojxona bojlaridan tashqari mavjud bo’lgan barcha to’lovlar, soliqlar, aktsizlardan tarkib topgan bo’lib, bojxona yoki boshqa savdoni nazorat etuvchi organlar tomonidan undiriladi. Bir ko’rishdan ular bojxona bojlari singari qo’llanilsada, iqtisodiy mazmuniga ko’ra notarif uslublar sanaladi. Masalan, qo’shimcha qiymat solig’i (QQS), aktsizlar, bojxona undiruvlari, ichki soliqlar, maxsus maqsadli to’lovlar. Ular ichida QQS, aktsizlar juda keng qo’llanilsada, ayrim davlatlarda esa o’zgacha tarzdagi to’lovlar, soliqlar tarzida belgilangan.
Masalan, Avstriyada «Eksportni rivojlantirish fondiga yig’im», Daniyada «Atrof muhit himoyasi uchun yig’im», SHvetsiyada «O’simliklarni himoyalash uchun soliq», Finlandiyada «CHiqindilarga kurash uchun yig’im» va boshqa shu kabi yig’im va soliqlar shular jumlasidandir. Umuman olganda paratarif uslublar tegishli mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Narxni nazorat etish choralari-import qilinayotgan tovarlar narxini sun’iy kamaytirishiga yoki eksporter davlatdagi eksport subsidiyalariga qarshi belgilangan barcha turdagi chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu holat ko’pgina importyor davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi va antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llanilishini keltirib chiqaradi.
GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI-moddasiga (odatda u «Antidemping Kodeksi» deb ataladi) ko’ra, dastlab demping holatini (faktini) aniqlash uslubi orqali antidemping to’lovlari poshlinalarni) qo’llash yuridik jihatdan asoslanishi lozim. SHundan so’ng, antidemping to’lovlarni (poshlinalarni) qo’llash uchun tegishli tekshiruvlar o’tkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning tegishli tarmog’i uchun moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak.
Ko’plab davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq operatsiyalarida antidemping tekshiruvlari tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pgina holatlarda «dempingdagi ayblov» to’liq isbotlanmay qoladi. Lekin, ushbu tekshiruvlarni boshlanish jarayonining o’zi davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga, ayniqsa yirik eksportyor va importyor tashkilotlar o’rtasiga sovuqchilik tushiradi.
Bundan tashqari, ko’p davlatlar eksportga ko’mak berish maqsadida dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy vositalar bilan protentsionistik siyosati tadbirlarini amalga shiradilar. «YAngi protektsionizm» deb nom olgan ushbu choralarni qo’llash tartibi UST doirasida qabul qilingan «Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar to’g’risidagi Bitim»da o’z aksini topgan.
Moliyaviy choralar - valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning o’ziga xos qoidalari tarzida tashqi savdo aloqalarida qo’llaniladi. (Masalan, tashqi savdo operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi). Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan tovarlarni kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qo’llanilishida o’z ifodasini topadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə