Iqtisodiyot va menejment


O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə72/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Iqtisodiyot va menejment

26.2. O’zbekiston Respublikasining jahon mamlakatlari
bilan iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi


Hozirda O’zbekiston qator obro’li va jahon iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zosi, jahonning o’nlab davlatlari bilan do’stona aloqalarini bog’lagan, yirik bank va moliyaviy organlar bilan hamda nodavlat va nohukumat tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda. Respublikada 43 ta chet davlatlarning elchixonalari, 15 ta hukumatlararo va 49 ta nohukumat tashkilotlar akkreditatsiya qilingan.
O’zbekiston turli darajadagi - global va mintaqaviy integratsion jarayonlarda qatnashish bilan bir paytda bir muhim tamoyilga rioya qiladi: bir davlat bilan yaqinlashish boshqa bir davlat bilan uzoqlashish evaziga bo’lmasligi kerak. O’zbekistonning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasining tarkibiy qismi turli davlat va xalqaro tashkilotlar bilan ko’p tarmoqli aloqalardir.
Bunda Yevropa Ittifoqi muhim o’rin egallaydi. Yevropa Ittifoqining jahon miqyosidagi o’rni kuchayib borgan sari, jahon mamlakatlari ushbu integratsion guruh bilan hamkorlik qilishga intilmoqdalar. O’zbekiston Respublikasi ham tashqi iqtisodiy siyosatining ahamiyatli jihati sifatida yeI bilan munosabatlarini belgilab oldi.
O’zbekiston Respublikasi uchun yeI bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni kengaytirish mamlakat uchun nafaqat iqtisodiy afzalliklar, balki shu bilan bir qatorda O’zbekistonni jahondagi mavqeini mustahkamlash imkoniyatlarini ham yuzaga keltiradi. Jahonning nufuzli integratsion guruhi bilan teng huquqli hamkorlik o’rnatish O’zbekiston uchun dunyoning boshqa mamlakat va hududlari bilan teng huquqli hamkorlik o’rnatish kafolati bo’lib xizmat qiladi. SHu bilan bir qatorda, O’zbekiston uchun yeIga a’zo-mamlakatlar bilan alohida-alohida munosabatlar o’rnatish va kengaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlik 1992 yil 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi hukumati va Yevropa Ittifoqi qo’mitasi o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida Memorandumning imzolanishi bilan boshlangan.
1994 yil 24 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida yeI Qo’mitasining O’zbekistondagi texnik aloqa hamkorligi bo’yicha byuro tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Bu organlarning maqsadi O’zbekistonda iqtisodiy islohotlar jarayoni va bozor munosabatlariga o’tishda texnik yordam ko’rsatish, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi hukumati va yeI Qo’mitasining hamkorligini kuchaytirishdir.
O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 1996 yil 21 iyundagi sammitda yeI a’zo davlatlari rahbarlari bilan «O’zbekiston va Yevropa Hamjamiyati hamda unga a’zo davlatlar o’rtasida hamkorlik va SHeriklik» to’g’risida bitim imzolandi. O’zbekiston Sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiyadan keyin bunday bitim imzolagan ikkinchi davlatdir.
O’zbekistonning yeI va yeIga a’zo davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning huquqiy asosini tashkil qiladi. SHuningdek, siyosiy, iqtisodiy, fan-texnikaviy va madaniy aloqalar uchun keng imkoniyat ochadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə