Iqtisodiyot va menejment


Umumjahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidagi ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə69/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Iqtisodiyot va menejment

25.4. Umumjahon savdo tashkilotining jahon xo’jaligidagi rivojlanish yo’nalishlari va uni mamlakatlar iqtisodiyotidagi ahamiyati


Umumjahon savdo tashkiloti (UST) 1995 yilning 1-yanvarida tashkil topdi. UST ko’p tomonlama savdo tizimlarining huquqiy va institutsional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. UST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT)ning davomchisi hisoblanadi. UST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, Urugvaydagi ko’p tomonlama muzokaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 125 ta mamlakat ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 15 dekabrida Urugvayda tugagan ko’p tomonlama muzokaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi majlisda YAkunlovchi aktni imzoladilar 15 apreldagi «Marokko deklaratsiyasi» shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab, savdo va kapital qo’yilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda tushumlarni ko’payishga olib keladi. GATT-USTning davomi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga ega:
1. Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni himoyalash. GATT erkin savdo bilan shug’ullansa ham USTga a’zo mamlakatlari o’zlarining milliy sanoatini tashqi raqobatdan himoya qilish huquqiga egaligini tan oladi. Biroq, GATT mamlakatlardan tariflar orqali himoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun-qoidalariga ko’ra bir necha istisnolar bo’yicha miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi.
2. «Tariflarni aloqalash». Davlatlar ko’p tomonli savdo kelishuvlari orqali milliy sanoatni qo’llab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji bo’lsa, tariflarni kamaytirib, boshqa savdo to’siqlarini olib tashlashi kerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib «aloqa»ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir maxsulotni munosabatga kirishishdagi tarif darajasi UST a’zosining majburiyatidir va asosiy savdo sherigi bilan kompensatsiya haqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.
3. «Eng qulay rejim». GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik printsipi hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga o’zgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar USTning a’zosi bo’lgan boshqa davlatlarga ham kamsitishlarsiz qo’llanilishi kerak, ya’ni diskriminatsiyasiz savdo. Xech qanday davlat boshqasiga alohida savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qo’ya olmaydi. Hamma bir xil darajada va hamma savdo to’siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə