Iqtisodiyot va menejment


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ta’siri



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə73/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Iqtisodiyot va menejment

26.3. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ta’siri
O’zbekistonning turli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarining rivojlantirilishi uning jahon xo’jaligi integratsiyasida samarali ishtirok etishini ta’minlaydi. Bunday xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’tish davri muammolarini hal etishni, shuningdek ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligini shakllantirishni yengillashtiradi. Bu narsa kreditlar olishda, bevosita xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda, maxsulotlarni jahon bozorlariga chiqarishda katta yordam beradi.
Mustaqil O’zbekiston 30 ta obro’li iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning to’laqonli a’zosi bo’ldi. Bularning jumlasiga Jahon Banki guruhiga kiruvchi tashkilotlar, shuningdek, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Xalqaro Valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot Banki, Islom taraqqiyot banki, Butunjahon bojxona tashkiloti, Butunjahon turizm tashkiloti, Paxta bo’yicha xalqaro konsultativ komiteti va boshqa tashkilotlarga a’zo bo’ldi. Respublika xozirgi kunda USTga a’zo bo’lish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Jahon Banki bilan hamkorlik. 1992 yil sentyabrda O’zbekiston Respublikasi JB ga a’zo bo’ldi. 1992 yil sentyabrdan Toshkent shaxrida Jahon bankining vakolatxonasi ochildi.
O’zbekiston Respublikasiga qarzlar quyidagi shartlar asosida beriladi:
- qaytarilish muddati 20 yil
- imtiyozlar davri 5 yil
- foiz stavkasi suzib yuruvchi, har yili aniqlanadigan.
Bank strategiyasi bosqichma-bosqich rivojlanishda hukumat islohatlarini qo’llab quvvatlash va tatbiq etish maqsadida maslahatlar berish, shuningdek texnik-moliyaviy yordam ko’rsatishni o’z ichiga oladi.
Jahon Banki kreditlarni asosan qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun suv ta’minoti va sanitariya irrigatsiya tizimi va drenajni qo’llashga ajratadi. JB ning mamlakatga berayotgan yordamining(2002-2017 yil) asosiy maqsadi:
A) valyuta va savdo tartibini liberallashtirish masalasida siyosiy holatni takomillashtirish va davlat boshqaruvi samarasini oshirish.
B) xususiy sektor va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish.
C) ijtimoiy infratuzilmadagi davlat resurslarini qo’llash va taqsimlashdagi samaradorlikni oshirish.
D) texnik xizmat va mamlakat infratuzilmasida irrigatsiya- melioratsiya, shularni ishlarini olib borishdagi tizimni quvvatlashlarni o’z ichiga oldi.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik. O’zbekiston 1992 yil 19 apreldan yeTTBga a’zo bo’ldi. O’zbekistonga yeTTB tomonidan kelgan vakillar respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni o’rganish va kelajakdagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadidagi tashrifi davomida bank direktorlar kengashi tomonidan O’zbekistonga nisbatan yeTTB o’z strategiyasini belgiladi. Bunda bank kelgusida O’zbekiston xususiy sektorini rivojlantirish va kengaytirish; tabiiy resurslarni o’zlashtirish; energetika sektorini, kichik va o’rta korxonalarni, paxtani qayta ishlash va boshqa yengil sanoatni, turizm infrastrukturasini rivojlantirish kabi sohalardagi asosiy yo’nalishlarni aniqladi.
Hozirgi kunda amalga oshirilishi davom etayotgan loyihalar jumlasiga: kichik va o’rta biznesni rivojlantirish maqsadida beriladigan 3 kredit liniyasi - Asaka bankini xususiylashtirish (ETTB aktsionerlarining 20% garovi asosida), Sirdaryo GESini 5 va 6 energiya bloklarini qayta tiklashning ikki fazasi; «O’zbektelekom» aktsionerlik kompaniyasini 7% aktsiyasi to’lovi asosida xususiylashtirish; kompyuter va axborot texnologiyasini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash uchun jamg’arma kabilarni kiritish mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə