Iqtisodiyot va menejment


Hududiy iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə65/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

24.3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari.
Hududiy integratsiya ikki xil darajada ya’ni, alohida kompaniyalar darajasida va davlatlararo darajada bo’ladi. Birinchi holatda kompaniyalar o’z xo’jalik faoliyatida integratsiya jarayonlariga qo’shiladilar. Hududiy iqtisodiy integratsiya asosan iqtisodiy integratsiyaning birinchi bosqichini bosib o’tmoqda. Hududiy integratsiya guruhlari faoliyatini ko’rib chiqish uchun quyidagi misollarni keltirish mumkin:.
G’arbiy Yevropa integratsiyasining muvaffaqiyatlarini o’rgangan holda Markaziy Yevropa mamlakatlari Vengriya, Pol’sha, Slovakiya va Chexiya 90-yillarning boshlarida tashqi savdoni erkinlashtirish jarayonlariga faol qo’shildilar va o’zaro bitim imzoladilar. SHunga muvofiq iqtisodiy integratsiyaning birinchi bosqichi-erkin savdo zonalarini yaratishga asos solindi. 1992 yilda ushbu to’rt mamlakat erkin savdo haqidagi Markaziy Yevropa bitimini imzoladilar. 1996 yilda ushbu bitimga Sloveniya ham qo’shildi. Ushbu bitim bojxona bojlari va boshqa notarif o’zaro asta-sekin yo’qotish yo’li bilan bir necha yillar davomida sanoat tovarlari bilan erkin savdo qilish hududlarini yaratish ko’zda tutdi.
Ushbu bitim tamoyillariga muvofiq sheriklar bojxona bojlarini bir tomonlama tartibda ko’tarishi yoki yangi savdo to’siqlarini kiritish mumkin emas. SHu bilan bir vaqtda bitimda tomonlar bojxona bojlari stavkalarini oshirishi yoki maxsus himoya tadbirlarini qo’llash ko’zda tutilgan. Qator holatlarni ham ko’zda tutgan himoya tadbirlarini shartlari, amal qilish muddati, qo’llanilish sohalari, bojlarning eng ko’p miqdori va ularni erkinlashtirish sur’atlari kabi bitim bilan aniq tartibga solinadi. Ushbu bitim bajarishning ijobiy natijasi barqarorlik va oldindan ko’ra bilishlik xarakteri hisoblanadi. SHunga ko’ra Markaziy Yevropa hududidagi mamlakatlarning savdo siyosati ushbu xarakterlarga ega bo’ldi. Ushbu bitimda ko’zda tutilgan bojxona bojlarini bir tomonlama oshirishni ta’qiqlash milliy ishlab chiqaruvchilar va xorijiy investorlarga Markaziy Yevropa mamlakatlarining milliy bozorlarida faoliyat ko’rsatish sharoitlarini kafolatlaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə