Iqtisodiyot va menejment


G’arbiy Yevropa Iqtisodiy integratsiyasi rivojlanishining xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə64/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

24.2. G’arbiy Yevropa Iqtisodiy integratsiyasi rivojlanishining xususiyatlari.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya o’zining eng to’liq taraqqiyotiga G’arbiy Yevropada erishdi. G’arbiy Yevropa integratsiyasining boshlang’ich nuqtasi bo’lib 1951 yil hisoblanadi. Ushbu yilda G’arbiy Yevropaning olti mamlakati – Frantsiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg, Yevropa ko’mir va po’lat birlashmasi xaqidagi shartnomani imzoladilar. 1957 yilda esa xuddi shu mamlakatlar Yevropa iqtisodiy hamjamiyati va atom energiyasi buyicha Yevropa hamjamiyatini yaratish to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Bu iqtisodiy integratsiyani yanada rivojlantirdi. Bu hamjamiyatga asosan rivojlanish darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirdi va iqtisodiy integratsion guruhning keyingi 15 yil mobaynida iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini belgilab berdi.
G’arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiya rivojlanish jarayonini shartli ravishda quyidagi to’rt bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich – (50-yillarning oxiri-70-yillarning o’rtalari) hamjamiyat hayotidagi «oltin davr» hisoblanadi. Bu bosqichda muddatidan oldin bojxona ittifoqi yaratildi, yagona agrar bozor nisbatan muvaffaqiyatli shakllandi. Integratsiyaga Buyuk Britaniya, Daniya, Irlandiya kabi mamlakatlar a’zo bo’ldi.
Ushbu hamjamiyatni yaratishning aniq maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
qatnashchi mamlakatlar o’rtasidagi savdoda barcha cheklashlarni bosqichma bosqich yo’qotish;
uchinchi mamlakatlar bilan savdoda umumiy bojxona tariflarni o’rnatish;
ishchi kuchi, kapital, xizmatlar erkin harakatlanishi uchun cheklashlarni yo’qotish;
transport va qishloq xo’jaligi sohasida umumiy siyosatni ishlab chiqish va o’tkazish;
valyuta ittifoqini yaratish;
soliq tizimini birxillashtirish;
qonuniyatchilikni yaqinlashtirish;
iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish tamoyillarini ishlab chiqish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun boshqarish tuzilmalari majmuasi yaratildi. Ushbu majmuaga – Yevropa iqtisodiy hamjamiyatni Vazirlar Kengashi, Yevropa hamjamiyati Komissiyasi, Yevropa Kengashi, Yevropa sudi, Yevropa parlamenti kiradi.
Yevropa Iqtisodiy hamjamiyati o’zining birinchi maqsadi sifatida ishtirokchi mamlakatlarning tovarlar, kapital, xizmat va ishchi kuchi umumiy bozorini yaratish vazifasini hal etishni qo’ydi.
SHu sababdan ham Bojxona Ittifoqi tuzildi. Bojxona Ittifoqi doirasida ishtirokchi – mamlakatlar o’zaro savdosida savdo cheklashlari yo’qotildi, uchinchi mamlakatlarga nisbatan yagona bojxona tarifi o’rnatildi, kapital, kredit va pul o’tkazishlarning erkin harakatiga erishildi, ishchi kuchining erkin kuchishi va ishlash joyini tanlash erkinligi ta’minlandi.
Ikkinchi bosqich – (70-yillarning o’rtalari 80-yillarning o’rtalari) Yevropa Ittifoqi tarixiga turg’unlik davri sifatida kirdi. Ushbu bosqichda Yevropa Ittifoqi a’zo mamlakatlari Yevropa valyuta hamkorligi dasturini qabul qildilar. Ushbu davrda Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlarning rivojlanish darajalari o’rtasidagi farq ko’paydi.
Uchinchi bosqich – (80-yillarning ikkinchi yarmi, 90-yillarning boshlari) Yevropa Ittifoqi tarkibini kengaytirish bosqichi bo’ldi. 1981 yilda Gretsiya, 1986 yilda Ispaniya va Portugaliya Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirdi. Bu ikkinchi bosqichda mavjud bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi nomutanosiblikni yanada kuchaytirdi. CHunki ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti Yevropa Ittifoqining boshqa a’zo mamlakatlari iqtisodiyotidan ancha past darajada edi. SHunga qaramay ushbu bosqichda G’arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi taraqqiyotining yangi yo’nalishlari bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichda yagona Yevropa Akti qabul qilindi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə