Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə62/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar
YAngi industrial mamlakatlar - sanoatlashtirish, ilmiy ishlab chiqarishning alovdda turlarini yaratishda muvaffaqiyatlarga erishgan, halqaro mehnat taqsimoti va halqaro savdoda faol qatnashuvchi, sanoat tarmoqlari va xizmatlar sohasi eksportga yo’naltirilgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi.
Eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli - milliy iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilganyaigini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy rivojlanish modeli.
Import o’rnini qoplash modeli - milliy iqtisodiyot tarmoqlarini ichki resurslarga tayangan holda rivojlantirish, import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish modeli.
Quvib yetadigan modernizatsiyalash — iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlari ustun darajada yuqori jamg’arish normasi, ya’ni YAIMda yuqori investitsiyalar ulushi evaziga erishilishi.
Sanoat siyosati - ishlab chiqarishning o’sishiga, fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqish va joriy etishga, iqtisodiyotning tarmoq tarkibini yaxshilashga va tayyor maxsulot eksportini rivojlantirishga qaratilgan davlatning uzoq muddatli chora-tadbirlar majmui.
Sanoat siyosatining «SHarqiy Osiyo» modeli - yuqori texnologiyali tarmoqlarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan bo’lib, iqtisodiy o’sishning, birinchi navbatda, fan-texnika yutuqlari va yuqori texnologiyalarni o’zlashtirishga (innovatsiyalarga) bog’liqligiga asoslanadi.
"Kreol neoliberalizmi" - Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining yangi modeli xisoblanib, uning negizida Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga ko’ra, rivojlanishning tashqi omillari, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotning tiklanishi yotadi.
"CHikago maktabi" usullari - pul emissiyasi to’xtatilishi, xususiylashtirish va soliq tushumlari xisobiga davlat xarajatlarini tartibga solish, daromadlarni oshirish orqali byudjet taqchilligini bartaraf etish usullari.


Nazorat savollari:
1. YAngi industrial mamlakatlar tarkibiga qaysi mamlakatlar kiradi?
2. YAngi industrial mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanday xususiyatlar xos?
3. YAngi industrial mamlakatlarni qaysi mezonlar bo’yicha guruhlash mumkin?
4. Eksportga yo’naltirilgan iqtisodiy siyosat uchun qanday xususiyatlar xos?
5. Import o’rnini qoplash siyosatining mazmuni nimalardan iborat?
6. Janubi-SHarqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlariga xos xususiyatlar nimalardan iborat?
Janubi-SHarqiy Osiyo yangi industrial mamlakatlarida iqtisodiy rivojlanish muvaffaqiyatlari qaysi omillar va shart-sharoitlarga bog’liq?
8. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish modeli qaysi omillarga bog’liq?
9. CHili "kreol neoliberalizmi" isloh rtlarining qanday belgilari mavjud?
10. Osiyo va Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlari o’rtasidagi farqli jihatlar nimalardan iborat?

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə