Iqtisodiyot va menejment


Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə61/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

21.3. Lotin Amerikasi yangi industrial mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari


Lotin Amerikasi Janubiy va Markaziy Amerikaning katga hududini egallaydi. Lotin Amerikasining barcha mamlakatlari Ispaniya va Portugaliyaning (Braziliya) sobiq mustamlakalari xisoblanadi. Lotin Amerikasining asosiy mamlakatlari XIX asr boshidayoq shaklanishiga qaramasdan sobiq mustamlaka egalarining ushbu mamlakatlar iqtisodiyoti va madaniyatiga ta’siri saqlanib qolgan.
Lotin Amerikasi mintaqasini shartli ravishda quyidagi uch qismga ajratish mumkin:
Meksikadan Boliviya va Paragvaygacha bo’lgan hududlar. Mazkur hududda joylashgan mamlakatlarning ijtimoiy tarkibi hindular metislar va kreollardan iborat bo’lib, Yevropaliklar tomonidan hozirga qadar mavjud ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishgan.
Ikkinchi hudud Meksikaning janubidan Braziliyaning shimoligacha bo’lgan Karib-Atlantika qirg’oqbo’yi hududlarini o’z ichiga oladi. Bu hududlarda tropik, yarim tropik dehqonchilik jadal sur’atlarda rivojlantirilgan bo’lib, afrikaliklar, mulatlar va oq tanlilardan iborat etnik tarkib shakllangan.
Uchinchi hudud Lotin Amerikasi “konusi”ning janubida joylashgan mamlakatlardan iborat. Ushbu hududda ishlab chiqarishning asosini rivojlangan dehqonchilik tashkil etadi.
Lotin Amerikasi mamlakatlari yer va tabiiy resurslarga boy bo’lib, bu xususiyati bilan Janubi-SHarqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlaridan keskin farq qiladi. Lotin Amerikasi mamlakatlari temir rudalari, rangli metallar (mis, qo’rg’oshin, qalay, rux), uran, boksit, ko’mir, neft, tabiiy gaz, oltin, olmos kabi foydali qazilmalar zahirasiga ega. Bundan tashqari, o’rmon resurslari (Braziliyada) va qishloq xo’jaligini rivojlantirishga yaroqli katta maydonlar mavjud. Hudud mamlakatlarining azaldan qishloq xo’jaligi, xomashyo eksporti va qazib chiqarish sanoatini rivojlantirishga ixtisoslashganligi bejiz emas. Masalan, yaqingacha CHili va Venesuela eksportining 80% dan ortig’ini mos ravishda mis va neft tashkil etar edi.
Lotin Amerikasi hududi o’ziga xos siyosiy xususiyatlarga ega. Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlariga nisbatan siyosiy hukumatning tez-tez almashib turishi, siyosiy-ijtimoiy vaziyatning beqarorligi, mamlakatlar o’rtasida yuzaga keladigan harbiy nizolar (masalan, Ekvador va Peru o’rtasidagi harbiy nizo) shular jumlasidandir. 1930-1980 yillarda Lotin Amerikasining aksariyat mamlakatlarida harbiy xuntalar xokimiyat tepasida edi.
Lotin Amerikasida 1980 yillargacha "ichkariga" yo’naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli amal qildi. Lotin Amerikasi mamlakat­larining iqtisodiy rivojlanishini xokimiyat tepasida turgan hukumatlar yetarli darajada keskinlikda ushlab turishdi.
Lotin Amerikasi mamlakatlarida “import o’rnini bosuvchi sanoatlashish” uchun quyidagi belgilar xos edi:
og’ir sanoat sohalarini rivojlantirish;
xomashyo eksportini ko’paytirish;
maxsulot ishlab chiqarishni himoya qilish maqsadida protek­tsionizm siyosatini amalga oshirish.
Mazkur rivojlanish strategiyasi 1950-1970 yillarda Lotin Ameri­kasi mamlakatlarida yiliga o’rtacha 5-6% iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlash imkonini berdi. SHunga qaramay 1960 yillarning oxiriga kelib iqtisodiy rivojlanishning bu modeli quyidagi kamchiliklarga ega ekanligini ko’rsatdi:
sanoat tovarlarini mahalliy ishlab chiqarishning mavjud emasligi;
ishsizlik muammosining hal etilmaganligi;
ishchi kuchi malakasining oshmaganligi.
1970 yillarda iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun Lotin Amerikasi ommaviy tartibda uning ichki bozorlarida yetishmayotgan tovarlarni import qila boshladi, qazib chiqarish sanoati sohalarini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishni davom ettirdi. Tashqi qarzlar, avvalambor, neftedollarlar moliyalashtirish manbai bo’lib xizmat qildi. Biroq, neft inqirozi natijasida mintaqa mamlakatlarining tashqi qarzi 1975 yildan 1982 yilgacha 42,5 mlrd. dollardan 176,4 mlrd. dollargacha oshib ketdi.
1980 yillar boshidagi jahon iqtisodiy inqirozi va 1979 yildagi ikkinchi neft inqirozi oqibatlari Lotin Amerikasi mamlakatlari xomashyosiga bo’lgan talabning keskin pasayishi, neft narxining oshib ketishi esa inflyatsiya darajasining ko’tarilishiga olib keldi. Inflyatsiyaga qarshi kurash foiz stavkalari darajasini orttirish orqali olib borildi, bu esa Lotin Amerikasi mamlakatlari moliyaviy holatini yanada og’irlashtirib yubordi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida defolt holatining sodir bo’lishini oldindan sezgan investorlar Lotin Amerikasidan o’z kapitallarini investitsiya iqlimi qulay mamlakatlarga ommaviy olib chiqib keta boshladilar.
Lotin Amerikasi hukumati bunga javoban protektsionizmga talabchanlikni oshirib yubordilar. Bojxona tariflarini 200% gacha oshirish orqali importni qisqartirishga, kapitalning chiqib ketishini esa milliy foiz stavkalari darajasini oshirish orqali to’xtatishga harakat qildilar. Biroq, Lotin Amerikasi mamlakatlarining moliyaviy tizimiga tashqi qarzdorlik tashvishi katta bosim o’tkazdi, foiz stavkasini oshirish esa inflyatsiyaning jadal sur’atlarda oshib ketishini tezlashtirib yubordi. Mintaqa iqtisodiy stagnatsiyaga tushib qoldi, aholining to’lov qobiliyati keskin darajada pasaydi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə