Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiya



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə63/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

24-Mavzu: Xalqaro iqtisodiy integratsiya
Reja:
24.1.Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va rivojlanishining asosiy xususiyatlari.
24.2.G’arbiy Yevropa iqtisodiy integratsiyasi
24.3.Hududiy iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va uning asosiy xususiyatlari


Tayanch iboralar
Iqtisodiy integratsiya, fan texnika revolyutsiyasi, erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, iqtisodiy ittifoq, to’liq integratsiya, Yevropa ittifoqi, erkin savdo Yevropa assotsiatsiyasi, NAFTA, MERKOSUR, ASEAN, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)
24.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati va rivojlanishining asosiy xususiyatlari.
Hozirgi davrda jahon xo’jaligi rivojlantirishning muhim omillaridan biri iqtisodiy integratsiya jarayonlari hisoblanadi. Iqtisodiy integratsiya – milliy xo’jaliklar o’rtasida chuqur, barqaror o’zaro aloqalar va mehnat taqsimoti, ularning turli bosqich va har xil shakldagi takroriy ishlab chiqarish tuzilmalarining o’zaro aloqalari asosida mamlakatning xo’jalik, siyosiy jihatdan birlashuvi jarayonidir. Bunda ma’lum bir davlatlar yoki davlatlar guruhlari boshqa mamlakatlarga keng ta’sir ko’rsata boshlaydi va ular integratsiya jarayonlarining markaziga aylanadi. Iqtisodiy integratsiya bu jarayonlarda ishtirok etayotgan mamlakatlar o’rtasida ishlab chiqarish va kapitalning baynalminallashuvini jadallashtirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy integratsiyaga 2 ta omil sezilarli ta’sir ko’rsatadi:
1. Fan-texnika taraqqiyoti.
2. Transmilliy korporatsiyalar faoliyati.
Bozor munosabatlariga asoslangan xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida bu munosabatlarning yuqoriroq bosqichi bo’lgan xalqaro integratsiyaga o’tishning qator ob’ektiv shart-sharoitlari yuzaga keldi. Bu shart-sharoitlar faqat korxonalar, firmalar darajasida emas, balki shuningdek davlat, hudud va mamlakatlar guruhi darajasida ham shakllanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxona va firmalarning faoliyati natijasi xalaro iqtisodiy munosabatlarning salbiy omillarini ya’ni milliy to’siqlar, bojxona va valyuta to’siqlarini jalb etish bilan bog’liqdir
Bu muammolarni hal etishda ob’ektiv ravishda ikki yo’l yuzaga keladi:
Ko’plab qiyinchiliklarni chetlab o’tishga imkon beruvchi transmilliy firmalarni yaratish va rivojlantirish;
Jahonning yirik hududlarida jahon xo’jaligining bozor munosabatlariga asoslangan makonini shakllantirishga yo’naltirilgan davlatlararo kelishilgan chora-tadbirlar.
Ushbu ikki yo’nalishni muvofiqlashtirish jahon xo’jaligi munosabatlarining yuqoriroq, samaraliroq va kelajagi mavjud bo’lgan darajasi, ya’ni xalqaro iqtisodiy integratsiyaga o’tishni ta’minlaydi
Iqtisodiy nuqtai nazardan, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning ob’ektiv omili cheklangan resurslarni qo’llashning eng yaxshi sharoitlarini ta’minlashdan iborat. Bunda ustivor bo’lgan resurs omillari vaziyatga qarab o’zgarib turishi mumkin. Masalan, dastlab ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, hozirgi vaqtga kelib bunday vazifa sifatida axborot - muhandislik xizmatlari faoliyati qo’yilmoqda.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə