Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
64-variant

n ° ° ° n
o o
o
Aholining to’lovga 
qodir talabini 
shakllantirish 
funksiyasi 
Joylashtiris

funksiyasi 
О' lchov-
taqsimlash 
funksiyasi 
Takror hosil qilish 
funksiyasi



1-
 
rasm. Ish haqining asosiy funksiyalari
2
 
Yuqorida aytib o’tilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi eng 
muhim tamoyillarga rioya qilinishi zarur: 
1.
Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining 
ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amal 
qilishi bilan bog’liq bo ’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to 
’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va 
xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq 
imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan 
bog’lanishi lozim. 
2.
Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish 
sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati-ishlab 
chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat 
darajalarini maksimal (eng ko’p) darajaga yetkazishdan iborat. Bu matoyilga rioya 
qilinishi jamg’arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini 
taqozo etadi, va korxonaning rivojlanishi, hamda ravnaq topishining zarur sharti 
hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovarlar bilan ta’min etilmagan pulning 
to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga, mamlakat avj olishiga olib keladi. 
3.
Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan mehnat hissasiga, 
mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi 
tarmoqqa mansubligiga qarab, ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil 
xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini 
ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan. 
4.
Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni 
ishlovchining jinsi, yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga 
haq to ’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi 
taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi 
mehnati unga haq to’lash orqali bir xil baholashni nazarda tutadi. 
5.
Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bila boshqarish (tartibga solish). 
2
Muallif tomonidan ishlab chiqildi 



(Mazkur tamoyil quyiroqda qarab chiqiladi). 
6.
Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori-bu shunday 
bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib 
topadi. Har bir xodimning mehnatiga toplanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi 
mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan 
tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi. 
7.
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va 
qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor 
bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud 
bo’lgandagina, u jon-dili bilan berilib mehat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish 
haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur 
qilishlari lozim. 
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida 
mehnatning miqdori, sifati va unumdorligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi 
deb yuritiladi. Ish haqi hozirgi davrda barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim 
o’rin tutadi. Shuning uchun ham iqtisodchi olimlar ish haqining mazmuniga katta 
e’tibor beradilar. Ish haqining mazmunini aniqlashda turli iqtisodchilar turli 
tomondan yondashib, unga har xil ta’rif beradilar. 
Masalan, D.Rikardo va T.Maltuslarning «Yashash uchun vosita minimumi» 
konste’stiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimumi 
bilan bir xil deb hisoblanadi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning 
fiziologik minimumi bilan bir xil deb qarash to’g’ri emas. Bu minimum o’z ichiga 
ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar tug’dirgan 
ehtiyojlarni ham oladi. Shu bilan birga ishchi kuchi narxining quyi chegarasini 
yashash uchun zarur vositalar miqdorining minimumi bilan aniqlash, ishga 
yollovchilar ish haqini mazkur quyi chegaradan pasaytirishga intilishiga olib kelishi 
mumkin. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning xo’jalik amaliyotidagi ish 
haqining darajasini kuzatish shuni ko’rsatadiki, ishchi kuchi bozorida real ish 
haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga 
qaraganda ancha yuqori darajada o’rnatilgan. 



Qiymatning mehnat nazariyasi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, 
marksistik yo’nalishidagi iqtisodchilar) ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb 
hisoblaydi. Shu sababli bu nazariya ish haqiga tovar bo’lgan ishchi kuchi 
qiymatining o’zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi 
kuchini takror ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan tirikchilik vositalari qiymati 
sifatida aniqlaydi. Mazkur g’oya tarafdorlari ishchi kuchi qiymatiga bir qator 

omillar, avvalo tabiiy shart-sharoitlar, aholining madaniy rivojlanishi, ularning 
malakasi va ishchi oilasini saqlash hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish 
sharoitlari ta’sir qilishini ko’rsatadi. Shu bilan birga bu g’oyada hayotiy ehtiyojlar 
hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy- 
iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligi ta’kidlanadi. 
Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar 
tomonidan ma’qullanib takrorlanmoqda. Masalan: A.F.Shishkin, E.F.Borisovlar 
o’zlarining «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida ish haqini ishchi kuchi tovar 
qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflamoqdalar
3

Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayoni bilan 
ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shu sababli bozorda mehnat sotiladi deb 
fikr yuritishini tanqid qilib, bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida 
sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab 
ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar. 
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi» sifatida qarash, 
aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning unumdorligi, mehnat 
intensivligi, talab va taklif kabi omillarning ta’sirini etarli hisobga olmaydi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida ayrim mualliflar (jumladan, 
«Ekonomiks» darsliklarida, V.D.Kamaev rahbarligida nashr etilgan «Iqtisodiyot 
nazariyasi» darsligi va boshqalarda)
4
ish haqini mehnat narxi sifatida, ayrimlari esa
5
3
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 
2005. 
4
Каралсин: Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс: Принципы, проблемы и политика. Т.2. - М.: 
Республика, 1992, 156-б.; 
5
Каралсин: Курс экономической теории. Учеб. пособ. под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, 
изд-во «АСА», 1995, 233-б.; 



mehnat bozoridagi talab va taklifning muvozanat narxi sifatida talqin etadilar. Bunda 
ular asosan bozorda mehnat sotiladi degan bizningcha noto’g’ri tushunchaga 
asoslanishadi. Mehnat ishchi kuchining funkstiya qilishi, uning ma’lum maqsadga 
qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning na qiymati, na narxi yo’qligi, bu jarayonni 
bozorga olib chiqib sotib bo’lmasligi fanda ham, real hayotda ham, iqtisodiy 
amaliyotda ham hammaga ayon bo’lgan va allaqachon isbotlangan masaladir. 
Shuning uchun buni isbotlashga harakat qilmasak ham bo’ladi. 
Lekin bu g’oyaning negizida bir ijobiy tomon borki, uni albatta hisobga olish 
zarur. Bu ham bo’lsa ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan 
bog’lashga harakat qilganlar. Ish haqining mazmuni to’g’risidagi turli nazariyalarni, 
(turli mamlakatlardagi va o’z mamlakatimizdagi amaliyotni) umumlashtirib, 
quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin. 
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarda unga bir tomonlama yondashish xususiyati 
mavjud bo’lib, uning murakkab va ko’’ qirrali iqtisodiy jarayon ekanligi ozgina 
e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarning har birida ish haqining u yoki bu 
tomoniga to’g’ri baho berilgan bo’lib, ularda foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy 
mazmun mavjuddir. 
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning 
erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi
uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu 
mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. 
Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi. 
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining 
o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim. 
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati 
unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi. 
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning 
erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir 
ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat 
miqdori, malakasi bir xil bo’lsada, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi 


10 
mumkin. 
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish 
mumkinki, ish haqi - ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir.Ish 
haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas 
bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. 
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat 
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol 
me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. 
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari foiz, renta, 
foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham roli bor. Ish haqining 
mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish 
zarurdir. 
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. Shu 
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma ’lum vaqt 
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi - bu 
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. 
Boshqacha aytganda real ish haqi - bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. 
O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va 
xizmatlar) narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil 
bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va 
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini 
formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə