Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha tavsiya va taqvim – mavzu rejalari” asosida tuzilgan



Yüklə 1,18 Mb.
səhifə10/23
tarix03.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#104110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Ish reja “Uzviylashtirilgan o‘quv dasturini joriy etish bo‘yicha

Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.
1-4-sinflarda “Iqtisod va soliq alifbosi” fanining sodda elementlari ona tili fani mazmuniga, ya’ni mavzular kesimida ham singdirib o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, 1-4-sinflarda ona tili fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini takomillashtirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilardagi qobiliyat va iste’dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo‘naltirilgan o‘quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o‘quv soatlari A1 bosqichda 608 soat soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o‘stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.
4-sinf ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja
Nomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim



Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

A1

Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə