Ишлаб чикариш дастури


Vaqt me’yorini aniqlash usullari



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə41/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Vaqt me’yorini aniqlash usullari. Texnik vaqt me’yorini aniqlash alohida operatsiyani bajarishni tahlil qilib, har bir ish uchun sarflangan vaqtni hisoblash asosida olib briladi. Bu usul hisobiy analitik usul deb yuritiladi.
Texnik vaqt me’yorini hisoblash usuli ishlab-chiqarish xarakteriga boђliq buladi. Yalpi ishlab-chiqarish sharoitida vaqt me’yorini aniqlashda har bir xatti-harakat inobatga olinsa, seriyali ishlab-chiqarish sharoitida xatti-harakatlar guruhi inobatga olingan holda hisob olib boriladi. Donali va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitida tipaviy texnologik jarayonlar va operatsiyalar bilan taqqoslash yuli bilan aniqlanadi.
Bu usullarga kura, qulda bajariladigan harakatlar va harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt xronometraj asosida ishlab chiqarilgan vaqt me’yoriga (me’yorlash bo’yicha jadvallarda keltirilgan) kura aniqlanadi. Bu holda harakatlarni bajarish unumli ketma-ketlik asosida bulib asosiy vaqt davomida ayrim uarakatlarni bajarilishi nazarda tutiladi.
Asosiy vaqt (asosiy-texnologik yoki mashina vaqt) tenglamalar asosida nazariy hisoblanadi. Bu tenglamalar (formulalar) dastgohning kinematik sxemasiga kura kesish ma’romlarini inobatga olib tuzilgan.
Xronometraj usul. Bu usulda vaqtni me’yorlovchi xodim (normirovik) bajariladigan ishlar bilan tuliq tanishib chiqadi. Operatsiyani bajarish uchun haraktlar guruhini tuzadi. Ilgopr ishchi tomonidan bajariladigan harakatlar uchun sarflangan vaqt ham ulchanadi. Har bir harakatlar guruhi uchun sarflangan vaqt 10-100 marta takroran ulchanadi va urtacha miqdori qabul qilinadi. Natijada bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan vaqt aniqlanadi. SHu vaqtga kura ishchining ish xaqi bajarilgan ishiga qarab va raђbatlantirishni hisobga olib tayinlanadi.
Agarda ushbu ishni bajaruvchi ishchilarni kup qismi vaqt me’yorini 120 % bajarsa, u holda vaqt me’yori qayta ko’rib chiqiladi. Xuddi shu usulda bajarilgan ishlar yozib borilsa va sarflangan vaqt aniqlansa, bu usulni ish joyini suratga olish usuli deb ham yuritiladi.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə