Ишлаб чикариш дастури


Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə42/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Mexanik ishlov berish uchun sarflangan vaqt me’yorining tarkibi.


Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quyidagicha buladi:
a) asosiy yoki texnologik vaqt;
b) yordamchi vaqt;
v) ish joyiga xizmat kursatish uchun sarflangan vaqt.
Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi.
Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bulib, u bitta partiyadagi detallar uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miudori partiyadagi detallar soniga boђliq bulamaydi.
SHunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va tayyorlash vaqtlarini yiђindisiga teng buladi.
Asosiy (texnologik) vaqt bu bevosita metallni kesib ishlash uchun sarflangan vaqt bulib ma’lum bir metall qatlamini olib tashlash bilan boђliqdir.
Yordamchi vaqt quyidagilarni uz ichiga oladi:
a) dastgouni boshqarish uchun sarflangan vaqt, bu dastgohni yurђazish, tuxtatish, tezlik va uzatishlar miqdorini uzgartirish va u.k.;
b) kesuvchi asbobni yordamchi yurishi;
v) xom-ashyoni moslamaga o’rnatish, maxkamlash, ishlov berilgandan sung olib quyish, xuddi shuningdek, kesuvchi asbobni va moslamani dastgohga o’rnatish va olib quyish;
g) detalni o’lchamlarini nazorat qilish: o’lchov asbobini olish, ulchash, joyiga quyish.
Yordamchi vaqt qulda, mashina va mexanizmlar yordamida bajarilishi mumkin.
Ish joyiga xizmat kursatish texnik va tashqiliy xizmat kursatishlarga bulinadi.
Ish joyiga texnik xizmat kursatishga quyidagilar kiradi:
a) dastgohni sozlash va moslash;
b) utmaslashgan kesuvchi asbobni almashtirish;
v) kesuvchi asbobni tuђrilash (olmos yordamida);
g) qirindidan (ish jarayonida) tozalash.
Ish joyiga tashqiliy xizmat kursatishga quyidagilar kiradi:
a) ish smenasini boshlanishida va yakunida kesuvchi asboblarni saranjomlash;
b) dastgohni moylash va tozalash;
v) dastgohni kuzdan kechirish va sinab kurish.
Ish joyiga xizmat kursatish vaqti asosiy texnologik vaqtga boђliq buladi. SHuning uchun ushbu vaqtni miqdorini asosiy va yordamchi vaqtlar yiђindisi operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanadi (kup seriyali va yalpi ishlab chiqarish) va 3-5 % atrofida buladi.
Tanaffusular, dam olish va ishchining jismoniy extiyojlarini qondirish uchun sarflangan vaqt. Bu vaqt ishlab-chiqarish va dastgoh xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlandi. Oђir va ishni tez toliqtiruvchi ishlarda tanaffusular va dam olish uchun vaqt kuzda tutiladi. Ishchining jismoniy extiyojni qondirish uchun sarflangan vaqt operativ vaqtga nisbatan foizlarda aniqlanib 2-3% ni tashkil etadi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə