Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə60/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Operatsiya - yiђish texnologik jarayonining tugallangan qismi bulib, bitta ish o’rnida bir yoki bir necha ishchilari tomonidan bajariladi.
Utish operatsiyaning tugallangan qismi bulib, qullanilayotgan asboblarni doimiyligi bilan tavsiflanadi va boshqa utishlarga bulinishi mumkin hamda bir yoki bir necha ishchilar tomonidan bir vaqtda bajariladi.
Harakatlar yiђindisi utishning bir qismi bulib, yiђish jarayonida ishchi tomonidan amalga oshirilayotgan oddiy harakatlardan iborat.
O’rnatish - yiђilayotgan birikmaga yoki mahsulotga ma’lum bir holat berish.
Yiђish jarayonining ketma-ketligini yaqqol ifodalash uchun uni grafik shaklda kursatiladi, bu esa yiђishning texnologik sxemasi deb yuritiladi. Yiђish sxemasi birikmaning qaysi detallardan va qaysi usul yordamida hamda ketma-ketlikda hosil qilishni kursatadi. KXYaT (ESKD) da yiђish sxemalarini tuzish bo’yicha yagona talab mavjud emas. Amaliyotda qullanilayotgan yiђish sxemalari ichida 3.1. rasmda kursatilgan holat soddaligi va yetarli ma’lumotlarni mujassamlashtirgani bilan ajralib turadi. Yiђilayotgan birikma yoki mahsulot tarkibiga kiruvchi har bir element uchun alohida tuђri turtburchak ajratilgan bulib unda quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1) detalning nomi (standart detallar uchun ularni belgilanishi standartning GOST) yoki texnik talabning (TU) tartib raqami keltiriladi;
2) detalning yiђma chizmadagi va ishlab chiqarish korxonasidagi tartib raqami belgilanishi;
3) bitta mahsulotdagi detalning soni.
Yiђish sxemasi asosiy (bazaviy) detaldan boshlanadi, qaysiki bu detal boshqa detallarni mahsulodagi o’rnini belgilaydi (13.1,a-rasmga qarang). Bazaviy detalni turtburchagidan tuђri chiziq o’tkaziladi va chiziqqa yiђish ketma-ketligiga mos ravishda boshqa detallarni turtburchagining chiziqlari tutashtiriladi. Agar yiђma birikmaga uning ayrim qismlari yiђilsa birikma chiziqlari ham asosiy yiђish chiziђi bilan tutashtiriladi. Detallarni yiђish chiziqlariga ularni yiђish jarayonidagi amal qilinadigan ayrim shartlar yoziladi, masalan: moylash, presslash, yelimlash va h.k.
Yiђish texnologik sxemasi yiђma birikma yoki mahsulotni yiђilgan holatini ifodalovchi turtburchak bilan yakunlanadi.
Murakkab tuzilishga ega mahsulotlar uchun va ularni tashkil etuvchi yiђma birikmalar uchun alohida yiђish sxemalari tuzilib, sungra mahsulotni yiђishning umumiy sxemasi tuziladi. Bunday kurinishda yiђish jarayonini tashkil qilish urta seriyali ishlab chiqarish sharoitida boshlanadi.

13.1,a-rasm. Yig’ishning texnologik sxemasi.


a) har bir detal uchun turtburchak: 1 – detal nomi; 2 – detalning yig’ma chizmadagi tartib raqami; 3 – detallar soni. b) sharikli ruchkani yig’ish texnologik sxemasi.

Mahsulotni alohida yiђma birikmalarga, agregatlarga, mexanizmlarga ajratish har bir mahsulotni tuzilishiga boђliq bulib xususiy kurinishga ega buladi. Bu ishni amalga oshirishda quyidagi umumiy tartib qoidalarga rioya qilgan ma’qul:



  • mahsulotni alohida birikmalarga ajratishda uning tuzilish va yiђish jarayonini amalga oshirishni texnologik nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq ekanligiga e’tibor beriladi;

  • alohida birikma sifatida ajratilgan har bir birikma umumiy yiђish jarayoniga texnologik ketma-ketlikda uzatiladi;

  • umumiy yiђish jarayoniga imkoniyati boricha kuproq yiђma birikmalar agregatlar va mexanizmlar uzatish hamda alohida yiђuvchi detallar miqdorini uzaytirishga erishish qo’lay uisoblanadi;

  • umumiy yiђish jarayoni imkoniyati boricha kichik yiђma birikmalarni hosil qilish va yordamchi ishlardan holis bulishi kerak.

Ushbu tartib qoidalarga rioya qilish yiђish jarayonini samarali va kam meunat sarflab amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə