Ишлаб чикариш дастури



Yüklə 4,25 Mb.
səhifə63/118
tarix19.12.2023
ölçüsü4,25 Mb.
#151245
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118
Maruza matni kon mashinasozligi asoslari. (узб) (2)

Qo’zg’aluvchan yig'ishda mahsulot bir ish o’rnidan ikkinchi va keyingilariga harakatlantirilgan holda yiђiladi. Har bir ish o’rnidagi jarayon bir yoki bir necha ishchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Har bir ish o’rniga biriktirilgan operatsiyani bajarish uchun kerakli bulgan komplektlar (birikmalar, detallar) doimiy ravishda keltiriladi.
Statsionar yiђish donali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitida keng qo’llaniladi. Yalpi ishlab chiqarish sharoitida ayrim yiђma birikmalarni tayyorlashda ham statsionar usul qo’llaniladi. Qo’zg’aluvchan yiђish seriyali va yalpi ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi.
Mahsulotni quzђalmas umumiy yiђishni uchta usul yordamida amalga oshirish mumkin: operatsiyalarni kontsentratsiyalash operatsiyalarni qisman va tula differentsiallash. Operatsiyalarni kontsentratsiyalash usuli bu yiђish jarayonida ishtirok etayotgan bir guruh ishchilarni yoki alohida bir ishchini ixtisoslashtirmagan holda mahsulotni yiђishdan iborat. Bu usul donali ishlab chiqarishda qo’llaniladi, chunki ishlab chiqarish ishchilarning malkasini yo’qoriligi, moslash-sozlash ishlarining kupligi, yiђish jarayonining uzoq davom etishi va past meunat unumdorligi va yo’qori tannarxi bilan ajralib turadi.
Operatsiyalarni qisman differetsiyalashda guruh ishchilari uz ixtisosliklariga ega buladi (chilangarlar, elektriklar, sozlovchilar). Bundan tashqari, mahsulotning ayrim birikmalari umumiy yiђish joyidan tashqarida boshqa ishchilar tomonidan yiђiladi va keyinchalik umumiy yiђish jarayoniga uzatiladi. Bu yiђish uchun sarflangan vaqtni kamaytiradi. Bu usul seriyalab ishlab chiqarish sharoitida keng qo’llaniladi.
Operatsiyalarni tula differentsiyalash usuli bu yiђish jarayoni ayrim operatsiyalarga bulinishi, har bir operatsiyani bir yoki bir necha ishchi tomonidan bajarilishi va ularni bir yiђish stendlaridan ikkinchisiga ketma-ket utishi bilan xarakterlanadi. Agarda operatsiyalar uchun sarflangan vaqtni moslashtirilsa va ishlab chiqarish taktiga muvofiqlantirmasa u holda potokli yiђish jarayonini tashqil etish mumkin. Masalan, samolyotlarni yiђish.
Mahsulotlarni quzђalmas yiђish jarayonini ularning o’lchamlari tuzilishiga qarab quyidagi tartiblarda amalga oshiriladi:
a) bevosita sex yoki bulinma maydoninng bir qismida (maydonchada yiђish);
b) maxsus yiђish stentlarida;
v) fundamentda;
g) yig'ish dastgohlarida;
d) chilangarlik stollarida.
Ishchilarning ish o’rni tevaragida shtiftlarni qoqish uchun, teshiklar ochish, rezba qirqish kabi ishlarni bajarish maqsadida vertikal-radial-parmalash dastgohlari va quzђalmas birikmalar hosil qilish uchun presslar bulishi kerak.
Quzђaluvchan yiђish shaklida transport vositalarining harakatlanishi ikki xil buladi: tuxtovsiz va davriy; konver tuxtovsiz holda harakatlanganda ishchi tomonidan bajariladigan operatsiya mahsulot ish o’rnining maydoniga kelganda boshlanadi. Bunday hollarda transport vositasining tuxtash vaqti operatsiya uchun sarflangan vaqt teng buladi. Konveyerni tuxtovsiz yoki davriy ravishda harakatlantirishni aniqlashda ishlab chiqarish dasturi, takti, yiђilayotgan mahsulot turi, yiђish ishlarining murakkabligi ular uchun sarflanadigan vaqt va shu kabi texnologik omillar hisobga olinadi. Qo’zg’aluvchan yiђish tq\ri patokli va patokli bulishi mumkin.
To’g’ri patokli yiђishda mahsulotni u operatsiyalan bu operatsiyaga uzatish transport vositalari yordamida olib boriladi va har bir operatsiyada alohida ish bajarilib ular uchun sarflangan vaqt ishlab chiqarish vaqtiga moslashtirilmagan buladi. Texnologik jarayonning eng katta vaqt sarflanadigan operatsiyasini vaqtidan kam bulgan operatsiyalar, boshqa birikmalarni hosil qilish, yiђish komlektlarini shakllantirish kabi ishlar bilan qushimcha ravishda yuklanadi. Ushbu kurinishda yiђish ishlarini tashkil qilish seriyalab ishlab chiqarish sharoitida qo’llaniladi.
Patokli yig'ish jarayonida xar bir operatsiyani bajarish uchun sarflangan vaqt ishlab chiqarish taktiga moslashtirilgan bulib unga teng bulishi yoki qoldiqsiz bulinishi mumkin buladi. Ishlab chiqarish takti quyidagicha aniqlanadi:


, (13.3)

bu yerda: Fx – bir smenali ish tartibida yiђish konveyerining yillik nominal ishchi soatlari miqdori, Kt – konveyerni taominlash bilan boђliq bulgan ishlar uchun sarflangan vaqtni hisobga oluvchi koeffitsient; Kz – ish o’rnini tashkil qilish (unga xizmat kursatish), ishchining jismoniy ehtiyojlari va dam olish vaqtida konveyerni tuxtaganligini hisobga oluvchi koeffitsient, Kzq0,95 …. 0,97; m – ish smenalari soni; N - yillik ishlab chiqarish dasturi; Fxbir smenali ish tartibida, konveyrli yiђish sharoitida ishchi soatlarning xaqiqiy (uisobiy) miqdori, soat.



Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə